“Tramp mamuriyati Yevroittifoqning parçalanişini xohlaydi” – Makron
11-02-2026, 08:24
112 марта

“Tramp mamuriyati Yevroittifoqning parçalanişini xohlaydi” – Makron
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi munosabatlarda, jumladan Grenlandiya bilan boğliq vaziyat tufayli yuzaga kelgan keskinlik hali barham topmaganini takidladi. Bu haqda u Financial Times, The Economist va boşqa Yevropa naşrlariga bergan intervyusida malum qildi.Makron Yevropa rahbarlarini uzoq muddat keçiktirilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga, blokning global tasirini kuçaytirişga çaqirgan.
“Oçiq tajovuzkorlik harakati sodir bölganda, biz böyin egmasligimiz yoki kelişuvga erişişga urinmasligimiz kerak, deb hisoblayman. Menimça, bu strategiyani bir neça oy davomida qöllab kördik. U iş bermadi”, dedi Makron.
Şuningdek, u Tramp bilan munosabatlarda yaxşi bölganini, ammo böş kelmaganini takidlagan. Bundan taşqari Yevropa Ittifoqining “boş egiş va kelişuvga erişişga uriniş”dan iborat strategiyasini samarasiz deb baholagan.
Uning fikriça, Yevropa hozirda “oçiqçasiga Yevropaga qarşi”, “nafrat közi bilan qaraydigan” va “uning parçalanişini istaydigan” Amerika mamuriyati bilan iş olib bormoqda.
“Savdo sohasida “Xitoy tsunamisi” va Amerikaning beqarorligi bilan töqnaş kelyapmiz. Bu ikki inqiroz yevropaliklar uçun çuqur zarba — buriliş nuqtasidir. Inqirozning eng yuqori nuqtasidan söng bir oz yengillik paydo bölganda, hamma narsa butunlay tugadi deb öylab, huşyorlikni yöqotmaslik kerak. Bu notöğri, çunki hozirda doimiy beqarorlik kuzatilmoqda”, dedi Frantsiya prezidenti.