Makron Yevropani Putin bilan gaplaşişni boşlaşga çaqirdi
20-12-2025, 08:45
86 марта

Makron Yevropani Putin bilan gaplaşişni boşlaşga çaqirdi
Bugun, 19 dekabr kuni Bryusselda Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralar formatini qayta tiklaş Yevropa manfaatlariga mos kelişini aytdi. Uşbu bayonot Yevropa Ittifoqi sammitida Rossiya aktivlarini musodara qiliş böyiça kelişuvga erişilmaganidan söng yangradi.Makron Yevropa davlatlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan töğridan töğri muloqotni qayta yölga qöyiş yöllarini topişi zarurligini aytgan. Uning fikriça, Moskva bilan muzokaralar uçun maqbul formatni belgilaş Yevropa mamlakatlari manfaatlariga javob beradi.
“Yo mavjud muzokaralar doirasida uzoq muddatli tinçlikka erişiladi, yo biz – yevropaliklar Rossiya bilan oçiq muloqotni Ukraina bilan hamkorlikda qayta boşlaş yöllarini topişimiz kerak”, dedi Makron.
Frantsiya Prezidenti Putin bilan töğridan töğri telefon orqali aloqada bölib kelayotgan kam sonli Yevropa yetakçilaridan biri hisoblanadi. Ular örtasidagi sönggi suhbat joriy yil iyul oyida bölib ötgan.
Makronning takidlaşiça, Vladimir Putin bilan yana muloqot qiliş foydali bölişi mumkin. Aks holda, Yevropa yetakçilari özaro hamda AQŞ vakillari bilan maslahatlaşişga majbur böladi, ular esa vaziyatni Moskva bilan mustaqil muhokama qilişi mumkin. Frantsiya Prezidentiga köra, bunday stsenariy “ideal emas”.
Makronning mazkur bayonotlari Yevropa Ittifoqi yetakçilari örtasida taxminan 16 soat davom etgan muzokaralar yakunlanganidan bir neça soat ötib aytildi. Sammit davomida Rossiya Markaziy bankiga tegişli bölgan taxminan 200 milliard yevro miqdoridagi muzlatilgan aktivlarning kelajagi muhokama qilingan, ammo ularni töliq musodara qiliş böyiça kelişuvga erişilmagan.