“Evropa uruşni xohlasa, biz bunga hoziroq tayyormiz” — Putin
3-12-2025, 09:12
245 марта

“Evropa uruşni xohlasa, biz bunga hoziroq tayyormiz” — Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 dekabr kuni Moskva Yevropa davlatlari bilan uruşni xohlamasligini, ammo agar Yevropa uruşni istasa, jang qilişga tayyor ekanini malum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.Kreml rahbari Yevropa davlatlarini AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi uruşni tugatişga qaratilgan urinişlariga tösqinlik qilişda ayblamoqda. Putinning fikriça, yevropaliklar Moskva uçun mutlaqo qabul qilib bölmaydigan takliflarni ilgari suriş orqali, keyinçalik Rossiyani tinçlikni istamaslikda ayblamoqçi.
“Rossiya Yevropa bilan uruşmoqçi emas. Lekin agar ular uruşni xohlasa, biz bunga hozirning özida tayyormiz. Yevropaliklar AQŞning tinçlikka erişiş harakatlariga xalaqit qilmoqda. Ular real voqelikni hisobga olgan taqdirda, biz yevropaliklarga muzokaralarga qaytişga imkon beramiz”, degan Putin.Şuningdek, Putin Yevropa davlatlari uruş tomonida deya xulosa qilgan. Nutqida davom etar ekan Rossiya prezidenti Ukrainaga hujumlar yanada jadallaştirilişini aytgan.
“Rossiya Ukraina portlariga va kemalariga zarbalar diapazonini kengaytiradi. Agar Ukraina Rossiya kemalariga qarşi hujumlarni davom ettirsa, Moskva Kiyevni dengizdan uzib qöyişi mumkin”, degan Putin.