USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Ukrainadagi uruşni töxtatiş uçun şart qöydi

768 марта

Putin Ukrainadagi uruşni töxtatiş uçun şart qöydi

Ukraina armiyasi Donbassdan çiqib ketgan taqdirdagina Rossiya uruşni töxtatadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 noyabr kuni Bişkekka taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.

Ukraina qöşinlari egallab turgan hududlarini tark etadi, şunda jangovar harakatlar töxtaydi. Ketişmasa, biz bunga qurolli yöl bilan erişamiz, dedi Putin.
​Uning sözlariga köra, Moskva Kiyev bilan kelişuvga erişişni xohlaydi, biroq hozirgi şaroitda bu “huquqiy jihatdan imkonsiz”. Putin harbiy holat şaroitida vakolatlarni uzaytiriş huquqi faqat Ukraina Oliy Radasiga tegişli ekanini, prezidentga emasligini davo qildi.
Ukraina rahbariyati bilan hujjatlarni imzolaşdan mano yöq, ular saylov ötkazişdan qörqib, strategik xatoga yöl qöydi, dedi u.
  • Ukraina qonunçiligi Zelenskiyning prezident sifatidagi legitimligi haqida nima deydi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning beş yillik vakolat muddati 2024 yil 20 mayda rasman tugadi. Ammo “Harbiy holatning huquqiy rejimi töğrisida”gi qonunning 19-moddasida prezidentlik saylovlari, şuningdek, Oliy Rada va mahalliy özini özi boşqariş organlariga saylovlarni harbiy holat şaroitida ötkaziş töğridan töğri taqiqlangan.
Öz navbatida, Ukraina Konstitutsiyasi harbiy holat şaroitida saylovlar ötkazişni töğridan töğri taqiqlamaydi. Lekin ularni ötkazişni talab ham qilmaydi. Ukraina Konstitutsiyasining 108-moddasida prezident yangi davlat rahbari lavozimga kirişgunga qadar öz vazifalarini bajarişi belgilangan.
  • Tinçlik rejasi haqida
Putinning aytişiça, Jenevada bölib ötgan AQŞ va Ukraina örtasidagi sönggi muzokaralar natijalari kelgusidagi kelişuvlar uçun asos bölişi mumkin. Amerika tomoni 28 banddan iborat taklifni tört blokka bölib, Moskvaga yetkazgan. Hozirça yakuniy qarorlar qabul qilinmagan.
Şuningdek, Putin Rossiya Yevropaga hujum qilmaslik majburiyatini yozma tarzda berişga tayyor ekanini bildirdi.
Bu biz uçun kulgili eşitiladi, çunki biz heç qaçon bunday niyatda bölmaganmiz. Ammo agar ular buni eşitişni xohlasa, marhamat, qoğozga qayd etamiz. Muammo yöq, dedi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: