Rossiya iqtisodiyoti qulaş arafasida – Tramp
15-10-2025, 15:46
315 марта

Rossiya iqtisodiyoti qulaş arafasida – Tramp
Tramp Putinni Ukrainadagi uruşni tugatişni istamayotganligini aytib tanqid qildi.Reuters naşrining Tramp sözlaridan iqtibos keltirişiça, u Putin bilan yaxşi munosabatlarda bölgan, ammo hozirgi vaziyatdan qattiq norozi.
«Men juda noroziman, çunki Vladimir bilan mening juda yaxşi munosabatlarim bor edi, ehtimol, hali ham şundaydir. Lekin u haqiqatdan ham bu uruşni bartaraf etişi kerak. Bilasizmi, hozir Rossiyada benzin uçun uzun navbatlar paydo böldi... Bir paytning özida uning iqtisodiyoti qulaşi mumkin», – dedi Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiyaning Ukraina uruşidagi yöqotişlari allaqaçon 1,5 million nafarni taşkil etdi.
Prezident, şuningdek, AQŞda juda köp «Tomagavk» raketalari borligini esga oldi va Ukrainaga ularni yetkazib beriş masalasi yana kun tartibida ekanini bildirdi.
Uning takidlaşiça, 17 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vaşingtonga taşrifi vaqtida uşbu masala kötarilişi mumkin.