Tramp va Zelenskiy Ukrainaga «Tomagavk» raketalarini berişni muhokama qildi
12-10-2025, 17:16
200 марта
Tramp va Zelenskiy Ukrainaga «Tomagavk» raketalarini berişni muhokama qildiAQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy 11 oktyabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Axios’ning ikki manbasi uşbu muloqotda Amerikaning uzoq masofaga uçuvçi «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazib beriş masalasi muhokama qilinganini aytdi. Naşr manbalari bu borada qandaydir yakuniy qaror qabul qilinganmi yoki yöqligi haqida malumot bermagan.
Zelenskiyning özi telegram-kanalida Tramp bilan «suhbat juda samarali» bölganini yozgan. «Havo hujumidan mudofaamizni kuçaytiriş imkoniyatlari va bu borada tayyorlayotgan kelişuvlarimizni muhokama qildik. Bizni haqiqatan ham kuçaytiriş uçun yaxşi variantlar, kuçli ğoyalar bor», – dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning sözlariga köra, u Trampni Yaqin Şarq uçun tinçlik rejasini amalga oşiriş jarayoni boşlangani bilan ham tabriklagan. Bu «katta yutuq» va «kuçli natija», deya takidlagan Ukraina prezidenti. «Va agar öşa mintaqadagi uruşni töxtatiş mumkin bölgan bölsa, aniqki, boşqa uruşlar, jumladan, Rossiya olib borayotgan uruşni ham töxtatiş mumkin», – deya qöşimça qildi Zelenskiy.
Avvalroq AQŞ rasmiylari Ukrainaga uçiş masofasi 2400 kilometrdan ortiq bölgan «Tomagavk» raketalarini beriş imkoniyatini körib çiqayotganini malum qilgandi.
6 oktyabr kuni Tramp «qandaydir manoda» Ukrainaga uzoq masofaga uçuvçi «Tomagavk» qanotli raketalarini yetkazib beriş töğrisida qaror qabul qilganini aytdi. U gap qanday qaror haqida ketayotganiga, Kiyev bu raketalarni oliş-olmasligiga aniqlik kiritmadi.