USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Ukrainaga Rossiyaga çuqur zarbalar berişni taqiqlamaydi – Kellogg

90 марта

AQŞ Ukrainaga Rossiyaga çuqur zarbalar berişni taqiqlamaydi – Kellogg

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali qurolli zarbalar beriş uçun ruxsat berdi. Bu haqda Oq uy rahbarining maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
Kelloggdan Ukraina kuçlarining Rossiyaga bunday zarbalar beriş mumkinligi haqida Prezidentning pozitsiyasi qanday ekani böyiça savol berilgan. Maxsus vakilning aytişiça, Tramp bunga qarşilik qilmaydi. Şuningdek, vitse-prezident Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubioning bayonotlari ham Rossiyaga çuqur zarba beriş imkoniyatidan foydalanişni nazarda tutadi.

Kelloggning eslatişiça, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tramp bilan uçraşuv çoğida Kiyevga Tomahawk raketalarini (2500 km masofagaça uçadi) ötkazişni söragan. Maxsus vakilning sözlariga köra, hozirça bu borada qaror qabul qilinmagan. Vens avvalroq bu masala muhokama qilinayotganini aytgandi.


“The Wall Street Journal” naşrining yozişiça, BMT doirasidagi muzokaralar çoğida Zelenskiy Trampni Rossiya içidagi nişonlarga zarba beriş uçun uzoq masofali raketalardan foydalanişga ruxsat berişga çaqirgan. Ikki manba naşrga Amerika rahbari AQŞning bunday hujumlarga qöygan taqiqini bekor qiliş majburiyatini olmaganini aytgan bölsa-da, respublikaçi bu fikrga qarşi emasligini aytgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytişiça, Ukrainaning Rossiyaga uzoq masofali qurollar bilan zarba yöllaşiga ruxsat beriş “NATO davlatlari u bilan uruşayotganini” bildiradi. Kreml zarba beriş masofasidagi çeklovlarni bekor qilişni mojaroni hal qiliş harakatlariga zid keladigan “juda xavfli” qaror deb atadi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: