Zelenskiy Rossiyaga yangi zarbalar berilişini elon qildi
1-09-2025, 00:33
309 марта

Zelenskiy Rossiyaga yangi zarbalar berilişini elon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 31 avgust kuni Rossiyaga qarşi yangi, çuqurroq zarbalar berilişini malum qildi. Bu haqda prezident ofisi xabar berdi.Zelenskiy bu bayonotni Ukraina armiyasi boş qömondoni Aleksandr Sirskiyning frontdagi vaziyat haqidagi hisobotidan söng elon qildi. Unga köra, Rossiya armiyasi asosiy etiborini Pokrovsk yönalişiga qaratgan va natijada katta talafot körmoqda.
“Donetsk viloyatida Mudofaa kuçlari belgilangan vazifalarni bajarişda davom etmoqda va bosqinçilarni yöq qilmoqda”, dedi Zelenskiy.
Prezidentning sözlariga köra, 2025 yilning sakkiz oyida rossiyaliklar front böylab 290 mingdan ortiq askarini yöqotgan, ular orasida halok bölganlar ham, oğir yaradorlar ham bor. Eng katta yöqotiş Donetsk viloyatida qayd etilgan. Şunga qaramay, Rossiya biror strategik maqsadiga erişa olmagan.
“Frontning ayrim uçastkalarida barqarorlikni saqlaş böyiça işlar davom etmoqda. Ukraina uçun almaşinuv fondini töldirayotgan har bir bölinmadan minnatdorman. Har hafta bu borada natijalar bor”, dedi Zelenskiy.
Prezident Sirskiy bilan uçraşuvda Zaporoje yönalişi, şuningdek, Sumi va Xarkov viloyatlarining çegara hududlaridagi vaziyatni ham muhokama qildi.
“Ukrainaning mudofaasi uçun zarur bölgan şaklda faol operatsiyalarimizni davom ettiramiz. Kuç va resurslar tayyor. Yangi zarbalarni Rossiyaning içkariroq hududlariga yönaltiriş rejalaştirilgan”, dedi u.