Zelenskiy Rossiya nazoratidagi hududlardan voz keçişga tayyor — The Telegraph
12-08-2025, 14:09
7 635 марта
Zelenskiy Rossiya nazoratidagi hududlardan voz keçişga tayyor — The TelegraphUkraina Yevropaning qöllab-quvvatlagan tinçlik rejasi doirasida jangovar harakatlarni töxtatişga va Rossiya armiyasi nazorat qilayotgan hududlardan voz keçişga tayyor. Bu haqda The Telegraph naşri xabar berdi.
Prezident Vladimir Zelenskiy avvalroq yevropalik hamkorlarini hududiy yon berişni nazarda tutuvçi har qanday kelişuvni rad etişga çaqirgan edi. Şunga qaramay, u Rossiya allaqaçon egallab olgan yerlarning bir qismini saqlab qolişi mumkinligini istisno etmadi.
Bu front çiziğini hozirgi körinişida “muzlatib qöyiş”ni, yani Lugansk, Donetsk, Zaporoje, Xerson viloyatlari hamda Qrimning egallangan hududlari ustidan nazoratni Rossiyaga ötkazişni anglatadi. Yon beriş ehtimoli AQŞ va Rossiya rahbarlarining 15-avgust kuni Alyaskada bölib ötadigan uçraşuvi arafasida muhokama qilinişi mumkin.
Reja faqat Rossiya qöşinlari nazoratidagi hozirgi pozitsiyalarga taalluqli bölişi mumkin, dedi Ğarb rasmiylaridan biri. Ukraina va Yevropa davlatlari Zelenskiy iştirokisiz Tramp va Putin uruşni töxtatiş böyiça kelişib olişidan xavotirda.
— Menda köplab xavotirlar va köplab umidlar bor, — dedi Polşa boş vaziri Donald Tusk.