USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“100 mingga yaqin qurbon”. Venesuelada dahşatli zilzila böldi

144 марта
“100 мингга яқин қурбон”. Венесуэлада даҳшатли зилзила бўлди

Keça, 24 iyun kuni Venesuelaning şimoliy va markaziy hududlarida ikkita kuçli zilzila sodir böldi. Oqibatda mamlakat poytaxti Karakas şahrida turar joy binolari va boşqa inşootlar qulab tuşgan. Bu haqda “Tagessçau” xabar berdi.

Venesuela Içki işlar vazirligi malumotiga köra, zilzilalar oqibatida Karakasda bir qator binolar vayron bölgan. Mamlakatning vaqtinça prezidenti Delsi Rodriges mamlakat böylab favqulodda holat elon qilgan.

AQŞ Geologiya xizmati esa tabiiy ofat oqibatida qurbonlar soni 10 mingdan 100 ming nafargaça yetişi mumkinligi haqida prognoz bergan. Ayni paytda Venesuela rasmiylari halok bölganlar soni haqida malumot bermagan.

“Reuters” agentligining xabar qilişiça, avval magnitudasi 7,2 bölgan zilzila qayd etilgan. Undan bir daqiqadan ham kam vaqt ötib, magnitudasi 7,5 bölgan ikkinçi zilzila sodir bölgan.

Birinçi zilzilaning epitsentri Karib dengizi sohilida joylaşgan Moron şahridan 28 kilometr ğarbda, Karakasdan esa taxminan 168 kilometr uzoqlikda bölgan. Zilzila öçoği 13 kilometr çuqurlikda joylaşgan.

Ikkinçi zilzilaning epitsentri Morondan 16 kilometr uzoqlikda, öçoği esa 10 kilometr çuqurlikda qayd etilgan.

Venesuela Içki işlar vaziri Diosdado Kabeloning aytişiça, yonğin-qutqaruv xizmati va politsiya vayronagarçilik oqibatlarini bartaraf etiş uçun barça imkoniyatlardan foydalanmoqda. U halok bölganlar va jabrlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.

Malum qilinişiça, Karakasdagi köplab aholi binolarning mustahkamligiga işonç qolmagani sababli ularni tark etgan. Köçalarda qulab tuşgan devorlar ortidan uy jihozlari körinib qolgani odamlarni qattiq sarosimaga solgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Karakas aeroporti va Karib dengizi sohilidagi La-Guayra portidagi vayrona holatlar aks etgan videolar tarqalgan. Keyinçalik Delsi Rodriges aeroport zilzila sabab yopilganini tasdiqlagan.

Uning malum qilişiça, ikkita kuçli zilziladan keyin yana 20 ta afterşok kuzatilgan. Venesuela parlamenti 25 iyunga belgilangan yalpi majlisni bekor qilgan.

AQŞning tsunami ogohlantiriş markazi dastlab Puerto-Riko, Virgin orollari hamda Venesuela sohillari yaqinidagi Aruba, Kyurasao va Bonayre orollari uçun tsunami xavfi haqida ogohlantiriş bergan. Biroq taxminan bir soatdan söng bu ogohlantiriş bekor qilingan.

Malumot uçun, Venesuela Karib va Janubiy Amerika tektonik plitalarining tutaşgan qismida joylaşgan bölib, seysmik faol hudud hisoblanadi.

Şuningdek, 25 iyun kuniga ötar keçasi Yaponiyaning Xonsyu oroli şimoli-şarqiy sohillari yaqinida ham magnitudasi 7,2 bölgan zilzila sodir böldi. Zilzila epitsentri Aomori prefekturasidagi Xatinoxe şahridan 67 kilometr janubi-şarqda joylaşgan.

AQŞ Geologiya xizmati uşbu zilzilaning magnitudasini 6,9 deb baholagan. Hozirça jabrlanganlar haqida rasmiy malumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, Indoneziyada 16 iyun kuni 6,7 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. Asosiy yer silkinişidan söng ketma-ket bir neça kuçli takroriy zilzilalar kuzatilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: