Indoneziyada 6,7 magnitudali zilzila böldi
Indoneziyada 16 iyun kuni 6,7 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. Asosiy yer silkinişidan söng ketma-ket bir neça kuçli takroriy zilzilalar kuzatildi. Bu haqda “Euro news” xabar berdi.
Yerosti tebranişlari Markaziy Sulavesi provintsiyasining mamuriy markazi bölgan Palu şahrida bir daqiqadan ortiq davom etgan kuçli silkinişni keltirib çiqargan. Şaharda qariyb 400 ming kişi istiqomat qiladi.
Dastlabki malumotlarga köra, zilzila oqibatida ayrim hududlarda vayronagarçiliklar yuz bergan. Bir qator binolarda yoriqlar paydo bölgan, Sigi okrugi mamuriy binosining tom qismi qulab tuşgan, mahalliy universitet binolaridan birida ham şikastlanişlar qayd etilgan.
Xavfsizlik maqsadida şifoxonalardagi bemorlar, jumladan tomçilatib dori olayotgan bemorlar ham köçaga evakuatsiya qilingan.
AQŞ Geologiya xizmati malumotiga köra, zilzilaning epitsentri Palu şahridan 46 kilometr şarqiy-janubi-şarqda joylaşgan bölib, öçoği taxminan 10 kilometr çuqurlikda qayd etilgan. Eng kuçli takroriy silkinişlar magnitudasi 5,2, 5,0 va 4,9 ga yetgan.
Mahalliy hokimiyat aholini rasmiy körsatmalarga amal qiliş va ehtiyot çoralarini körişga çaqirgan. Mutaxassislar takroriy yer silkinişlari yana bir neça soat davom etişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Indoneziya bir neçta yirik seysmik yoriqlar tutaşgan hududda joylaşgani sababli mamlakatda zilzilalar va vulqon faolligi tez-tez kuzatiladi.
Malumot uçun, 2021 yil yanvar oyida Sulavesi orolidagi Mamudju şahri yaqinida sodir bölgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 100 kişi halok bölgan, minglab aholi esa takroriy silkinişlardan qörqib bir neça kun davomida oçiq osmon ostida tunaşga majbur bölgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 iyun kuni Filippin sohillari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 32 kişi halok bölgandi, yana 134 kişi jarohatlangandi.