Yaponiyada ham 7,2 magnitudali zilzila böldi
Yaponiyaning şimoli-şarqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Tsunami xavfi elon qilinmagan. Bu haqda Yaponiya meteorologiya agentligiga tayanib, “Mainiçi” naşri xabar berdi.
Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, ammo keyinçalik bu malumot qayta körib çiqilib, 7,2 magnituda ekani aniqlangan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Ivate prefekturasining Tinç okeani sohillari yaqinida, 44 kilometr çuqurlikda sodir bölgan.
Yerosti silkinişlari eng kuçli darajada Aomori prefekturasining Xasikami şahrida sezilgan. Şuningdek, zilzila Tokio şahrida ham his qilingan.
Xasikami va Xatinoxe şaharlari yonğin-qutqaruv xizmatlari malumotiga köra, ösmirlar va 50 yoşlar atrofidagi kişilarni öz içiga olgan tört nafar fuqaro yengil jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 24 iyun kuni Venesuelaning şimoliy va markaziy hududlarida ikkita kuçli zilzila sodir bölgandi. Oqibatda mamlakat poytaxti Karakas şahrida turar joy binolari va boşqa inşootlar qulab tuşgan.