USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Yevropaga gaz yetkazib beriş uçun şart qöydi

81 марта
АҚШ Европага газ етказиб бериш учун шарт қўйди

AQŞ Yevropa Ittifoqini metan çiqindilari böyiça qoidalarni yumşatişga çaqirdi. Aks holda, Vaşington Yevropa mamlakatlariga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berişni töxtatişi mumkin. Bu haqda AQŞ Energetika vaziri  Kristofer Rayt bayonot berdi.

Uning sözlariga köra, metan böyiça amaldagi qoidalar jiddiy isloh qilinmasa, Yevropa uçun keraksiz muammolar yuzaga keladi.

“Bu eskalatsiya haqida emas. Bizning energiyamiz baribir yetkazib beriladi. Faqat u Yevropaga emas, boşqa joylarga yönaltiriladi”, degan Rayt Nyu-Yorkda bölib ötgan konferentsiya doirasida.

“Bloomberg”ning yozişiça, Yevropa Ittifoqining energetika masalalari böyiça komissari Dan Yorgensen AQŞ va boşqa gaz eksport qiluvçi davlatlar bosimiga qaramasdan, metan böyiça qoidalarni qayta körib çiqiş niyati yöqligini bildirgan.

Vaşington esa murakkab tartib-qoidalar va katta jarimalar xavfi gaz savdosiga jiddiy tasir körsatişi mumkinligidan ogohlantirgan. Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari uşbu masalani Lyuksemburgda muhokama qilişi kutilmoqda.

Malum qilinişiça, Yevropa Ittifoqi 2022 yilda Rossiya gazidan voz keçganidan söng AQŞ gaziga tobora köproq boğlanib qolgan. Şu bilan birga, metan çiqindilarini qisqartiriş Ittifoqning asosiy iqlim maqsadlaridan biri bölib qolmoqda.

Yevropa Komissiyasi malumotiga köra, yangi qoidalar neft, gaz va kömir kompaniyalarini metan çiqindilarini ölçaş, nazorat qiliş va tekşirişga majbur qiladi. Şuningdek, gazni rejali yoqib yuboriş va atmosferaga çiqariş taqiqlanadi, muntazam ravişda sizib çiqiş holatlari tekşirilib, ularni bartaraf etiş talab qilinadi.

Xalqaro bozorlar uçun metan şaffofligi platformasi, suniy yöldoş monitoringi hamda tezkor ogohlantiriş tizimi yaratiladi.

2027 yildan boşlab Yevropa Ittifoqida yangi import şartnomalari faqat eksport qiluvçilar ham YeI işlab çiqaruvçilari kabi hisobot standartlariga rioya qilgan taqdirdagina tuzilişi mumkin. 2030 yildan esa metan intensivligi böyiça çeklovlar joriy etiladi. Qoidalarni buzganlarga jarimalar qöllanadi, ammo import töliq taqiqlanmaydi.

Malumot uçun, “Politico” naşri joriy yil yanvar oyida Yevropa öz gazining qariyb çorak qismini AQŞdan import qilayotganini yozgan edi. Rossiya gaziga töliq taqiq joriy etilgaç, bu körsatkiç yanada oşişi mumkin.

Fevral oyida Yevropa Ittifoqida Rossiya gazi importini töliq taqiqlaş haqidagi qaror kuçga kirgan. Unga köra, Rossiyadan gaz importi 2027 yil 1 yanvardan, quvur orqali yetkazib beriladigan gaz importi esa 2027 yil 30 sentyabrdan butunlay töxtatiladi.

Eslatib ötamiz, 18 iyun kuni Yevropa Ittifoqi yetakçilari Bryusselda bölib ötgan sammitda Rossiyaga qarşi sektorli sanktsiyalarni avvalgi kabi 6 oy emas, balki bir yil muddatga uzaytirişga kelişib olgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: