Rossiyada migrantlarning pul ötkazmalariga 3 foizlik komissiya joriy etilişi mumkin
Rossiya Davlat dumasiga migrantlarning har bir xalqaro bank ötkazmasi uçun 3 foiz miqdorida yiğim undirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi rahbari Sergey Mironov malum qildi.
Uning aytişiça, migrantlarning aksariyati Rossiyada soliq tölamaydi, biroq mamlakatdan katta mablağlarni çiqarib, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga yönaltirmoqda.
“Rossiya byudjeti bu pul oqimidan heç qanday daromad olmayapti – na soliq, na yiğim. Barça foydani pul ötkazmalari uçun komissiya oladigan tölov tizimlari va banklar körmoqda. Bu kabi xayriyaga çek qöyiş vaqti keldi”, degan Mironov.
Deputatning takidlaşiça, transçegaraviy pul ötkazmalarining asosiy qismi migrantlar hissasiga töğri keladi. Statistikaga köra, ötgan yili Qirğizistonga rekord darajada – 3,2 milliard dollar ötkazilgan. Özbekistonga yuborilgan mablağlar hajmi esa 2025 yil yakunlari böyiça 15 milliard dollarga yetgan.
Qonun taşabbuskorlari har bir xalqaro pul ötkazmasi summasining 3 foizigaça bölgan majburiy yiğim joriy etişni taklif qilmoqda.
Mironovning hisob-kitoblariga köra, mazkur qonun qabul qilinsa, Rossiya byudjeti har yili qöşimça ravişda 45 milliard rubldan ortiq mablağ olişi mumkin.
Avvalroq, Rossiya Davlat dumasida migrantlar uçun til imtihonini topşiriş qoidalarini yanada qatiylaştiriş taklifi ham ilgari surilgan edi.