USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kim çegara yaqinida yangi qurollarni sinovdan ötkazdi

69 марта
Ким чегара яқинида янги қуролларни синовдан ўтказди

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakatning raketa dasturini modernizatsiya qiliş va Janubiy Koreya bilan çegaradagi öt oçiş qudratini kuçaytiriş doirasida ötkazilgan muhim qurol-yaroğ sinovlarini şaxsan kuzatdi. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni mamlakat Markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar qildi.

Malumotlarga köra, sinovlar 1950–1953 yillardagi Koreya uruşi bölgan yillar munosabati bilan ötkazilgan. Unda takomillaştirilgan 240 millimetrli 24 quvurli köp zaryadli raketa tizimi, taktik ballistik raketalar hamda 155 millimetrli öziyurar gaubitsa sinovdan ötkazilgan. KCNA’ning malum qilişiça, yangilangan köp zaryadli raketa tizimi avtonom aniq nişonga yönaltiriş tizimi bilan jihozlangan bölib, uning zarba beriş masofasi 90 kilometrgaça oşirilgan.

Kim Çen In sinov natijalaridan mamnunligini bildirib, Pxenyan qurol-yaroğ dasturlarida avtomatlaştiriş, uzoq masofaga zarba beriş va “öta yuqori aniqlik”ni taminlaşni maqsad qilganini aytgan. Uning takidlaşiça, bu işlar mamlakatning janubiy çegarasi, yani amalda Janubiy Koreya bilan çegaradagi mudofaa salohiyatini kuçaytirişga qaratilgan.

Sönggi yillarda Pxenyan özining taktik va ananaviy qurol-yaroğ zaxirasini muntazam takomillaştirib kelmoqda. Şuningdek, mamlakat Janubiy Koreya çegarasi yaqiniga yangi qurollarni joylaştiriş niyatini bir neça bor bildirgan.

Kyonnam universiteti qoşidagi Uzoq Şarq tadqiqotlari instituti professori Lim Il Çxolning fikriça, bu harakatlar Şimoliy Koreyaning janubiy çegarani yanada mustahkamlaş va yadroviy hamda ananaviy qurol kuçlarini yagona tizimga integratsiya qiliş say-harakatlari tezlaşayotganini körsatadi.

“Asosiy maqsad – oldingi çiziqda joylaşgan bölinmalarni taktik yadroviy qurol va yuqori aniqlikda zarba beriş imkoniyatlari bilan töliq taminlaş, natijada butun Janubiy Koreyani zarba doirasiga kiritişdir”, degan u.

Janubiy Koreya Birlaşuv vazirligi esa uşbu sinovlar Şimoliy Koreyaning beş yillik mudofaa sohasini rivojlantiriş rejasining bir qismi ekanini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, may oyida ham Şimoliy Koreya zamonaviy uruş şaroitlari uçun möljallangan taktik ballistik raketalar, artilleriya raketalari va suniy intellekt asosida nişonga yönaltiriladigan yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar sinovini ötkazganini malum qilgan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: