Kim Çen In Janubiy Koreya çegarasidagi qöşinlarini kuçaytirişni buyurdi
18-05-2026, 14:52
49 марта

Kim Çen In Janubiy Koreya çegarasidagi qöşinlarini kuçaytirişni buyurdi
KXDR yetakçisining takidlaşiça, mazkur reja “uruşning oldini yanada puxta olişda” muhim hisoblanadi. Uning bu bayonoti armiyadagi diviziya va brigada komandirlarining yiğilişida yangragan. Kim Çen In zamonaviy uruş olib boriş usullaridagi özgarişlarni inobatga olgan holda, armiyaning öquv tizimini qayta körib çiqiş va amaliy maşğulotlarni kengaytirişga çaqirgan.
Şuningdek, u Pxenyan tomonidan “aşaddiy duşman” deb hisoblanadigan Janubiy Koreyaga nisbatan ogohlikni oşiriş zarurligini takidlagan. Malumot uçun, 1950—1953 yillardagi Koreya uruşi sulh kelişuvi bilan yakunlangani sababli ikki mamlakat haligaça texnik jihatdan uruş holatida hisoblanadi.
Janubiy Koreya Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasiga köra, Şimoliy Koreya qöşinlari mart oyidan buyon quruqlikdagi çegara yaqinidagi hududlarda istehkomlar quriş, jumladan, mudofaa devorlarini tiklaş işlarini jadallaştirgan.
Seuldagi Koreya milliy birlaşuv instituti katta ilmiy xodimi Xong Minning tahliliga köra, Kim Çen Inning “janubiy çegara”ni mustahkamlaş haqidagi eslatmasi Pxenyan nafaqat quruqlikda, balki Janub bilan tutaşgan dengiz hududlarida ham harbiy iştirokini kuçaytirişi mumkinligidan dalolat beradi.