Çarlz III Bukingem saroyida yaşamaydigan böldi
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III Bukingem saroyidagi 10 yillik rekonstruktsiya işlari kelasi yili yakunlangandan keyin ham uni doimiy qarorgoh sifatida işlatmaydi. Bu haqda keça, 25 iyun kuni qirollik rasmiylari malum qildi.
Qayd etilişiça, bu qaror bilan qariyb ikki asr davomida Bukingem saroyining Britaniya monarxining asosiy qarorgohi sifatidagi maqomi özgaradi. Qirol rekonstruktsiya işlari yakunlanganidan keyin ham Londondagi özining uzoq yillik qarorgohi – Klarens-xausda yaşaşni davom ettiradi. 369 million funtlik tamirlaş loyihasi doirasida saroyda eskirgan elektr tarmoqlari, quvurlar va isitiş tizimi töliq yangilanmoqda.
Rekonstruktsiya 2017 yilda boşlanganida rasmiylar Bukingem saroyi avvalgidek monarxning asosiy London qarorgohi bölib qolişini kutgan edi. Saroy 1837 yilda qiroliça Viktoriya taxtga ötirganidan buyon uşbu maqomga ega bölib kelgan.
Qirollik oilasi 2022 yilda qiroliça Yelizaveta II vafotidan keyin moliyaviy masalalarda oçiqlikni oşirişga vada bergan edi. Bu qaror monarxiya moliyasi yuzasidan tanqidlar kuçaygan bir paytga töğri kelgandi. Qirol xazinaçisi va maxfiy ğazna saqlovçisi Jeyms Çalmersning aytişiça, saroy davlat marosimlari va rasmiy qabullar uçun asosiy maskan bölib qoladi.
“U monarxiyaning boş qarorgohi bölib qoladi. Bu milliy binolarimizning tojidagi eng qimmatbaho durdir. Hazratlari Londonda bölganida saroy tomida qirol bayroği har doim ğurur bilan hilpirab turadi”, degan u jurnalistlarga.
Na Çarlz III va na qiroliça Yelizaveta II 2019 yildan beri Bukingem saroyida tunamagan. Biroq qirol şaxsiy xonalarini saqlab qoladi va zarurat tuğilganda ulardan turar joy sifatida foydalanişi mumkin.
Rasmiylarning malum qilişiça, har yili taxminan 700 ming kişi Bukingem saroyiga taşrif buyuradi. Kelgusida jamoatçilik uçun saroyga kiriş imkoniyatlari yanada kengaytiriladi, ammo bu qanday amalga oşirilişi hozirça oçiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Angliyadagi “Radio Caroline” radiostantsiyasi tasodifan Britaniya qiroli Çarlz III vafot etgani haqida efirda xabar berib yuborgandi.