AQŞ endi heç kimga siyosiy boşpana bermaydi – Oq uy vakili
AQŞ endilikda siyosiy boşpana sörovçilarni qabul qilmaydi. Bu haqda keça, 26 iyun kuni Oq uy apparati rahbarining örinbosari Stiven Miller bayonot berdi.
“Biz şunday kelişuvlarni işlab çiqdikki, agar siz boşpana sörab murojaat qilsangiz, biz sizni qabul qiladigan dunyodagi boşqa biror mamlakatni topib beramiz”, deydi u va bu qarorni “juda oddiy va ajoyib” deb atagan.
U, şuningdek, AQŞning Meksika bilan çegarasida nazoratni kuçaytiriş zarurligini yana bir bor takidlagan.
“Janubi-ğarbiy çegarada topşiriladigan barça boşpana sörovlari doim soxta böladi”, deydi amerikalik mulozim.
Stiven Millerning aytişiça, boşpana sörab qilingan murojaatlarning aksariyati asossizdir, çunki arizaçilar göyoki heç qanday taqiblarga uçramaydi va mamlakatga kiriş uçun şunçaki migratsiya tizimidan foydalanadi. U, şuningdek, bu kabi migrantlar AQŞga yetib borguniga qadar boşqa mamlakatlarda boşpana sörab ariza topşirişlari kerak bölganligini aytgan.
Bundan taşqari, u ariza beruvçilarning sezilarli qismini iqtisodiy migrantlar yoki ijtimoiy imtiyozlar qidirib yurgan şaxslar sifatida tavsiflagan, şuningdek, ularning köpçiligi çegarani kesib ötiş uçun jinoiy tarmoqlar xizmatidan ongli ravişda foydalanişini takidlab, buni “manaviy jihatdan qabul qilib bölmas holat” deb atagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Oliy sudi federal çegara xizmati xodimlariga Amerika grin-kartasiga ega bölgan şaxslarni deportatsiya qiliş imkonini beruvçi qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.