USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI Özbekiston va Qozoğistonda qoçqinlar markazi qurmoqçi – “Politico”

228 марта

YeI Özbekiston va Qozoğistonda qoçqinlar markazi qurmoqçi – “Politico”

Yevropa Ittifoqi Yevropada boşpana berilişi rad etilgan migrantlar uçun maxsus markazlar taşkil etiş böyiça öndan ortiq davlatlar bilan muzokaralar boşlamoqçi. Bu haqda ismi sir qolişini söragan uç nafar YeI diplomatiga tayanib, “Politico” naşri xabar berdi.  
​
Ularning sözlariga köra, ehtimoliy şeriklar qatorida Özbekiston va Qozoğiston ham bor. Bu mamlakatlarda boşpana beriş rad etilganidan keyin migrantlarni çiqarib yuboriş mumkin bölgan markazlar, şuningdek, YeIdan boşpana sörab qilingan arizalarni körib çiqiş maydonçalari taşkil etilişi mumkin.

Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Germaniya va Gretsiya bu kabi markazlarni hamda arizalarni qayta işlaydigan taşqi punktlarni yaratiş ustida birgalikda işlamoqda. Buning evaziga loyihada iştirok etuvçi mamlakatlarga rivojlaniş uçun yordam mablağlari yoki viza rejimini liberallaştiriş (engillaştiriş) taklif qilinişi mumkin. Diplomatlardan birining tuşuntirişiça, bu ikkala tomon uçun ham foydali qaror sifatida qabul qilinişi kerak.


Niderlandiya hukumati parlamentga huquqiy ekspertiza natijalarini malum qilib bölgan. Unga köra, boşpana sörab berilgan arizalarni YeI hududidan taşqarida körib çiqişga ham, YeIda qoliş huquqini yöqotgan migrantlarni repatriatsiya (orqaga qaytariş) markazlariga deportatsiya qilişga ham heç qanday huquqiy tösiqlar aniqlanmagan. “Politico” naşri tanişib çiqqan Niderlandiya hukumatining maktubida aytilişiça, Gaaga amaliy qadamlarga ötiş niyatida. Diplomatlardan birining sözlariga köra, aniq bir kelişuv haqidagi bayonot yaqin 6–7 oy içida elon qilinişi mumkin.

“Butun Yevropa böylab fuqarolar migratsiya oqimlari ustidan nazoratni tiklaşga imkon beradigan samarali qarorlarni talab qilmoqdalar. Bunday yeçimlar asta-sekin şakllanib bormoqda va özlarining huquqiy jihatdan asosli ekanligini isbotlab böldi”, deydi Niderlandiyaning Boşpana va migratsiya masalalari böyiça vaziri Bart van den Brink. 

Rasmiy ravişda Yevropa poytaxtlari ehtimoliy davlatlar nomlarini ommaviy ravişda tilga olmaslikka harakat qilmoqda. “Politico” naşrining qayd etişiça, YeI hukumatlari Buyuk Britaniyaning Ruanda bilan boğliq loyihasi va Italiyaning Albaniya bilan tuzgan, huquqiy muammolarga duç kelgan sxemasi atrofida kuzatilgan maşmaşalar takrorlanişidan qörqadi. YeI diplomatlaridan biri yil yakuniga qadar “loyihaning aniq konturi (rejasi)” yaratilişi közda tutilganini malum qilgan.

Taşqi markazlarni taşkil etiş böyiça muhokamalar migrantlarni deportatsiya qiliş töğrisidagi YeIning yangi reglamenti (qoidalari) böyiça muzokaralarning yakuniy bosqiçi bilan parallel ravişda olib borilmoqda. Jurnal malumotlariga köra, Frantsiya va Germaniya uşbu markazlar mexanizmi reglament uzil-kesil tasdiqlanişi bilan zudlikla amaliyotga tatbiq etilişini talab qilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: