YeI rossiyaliklarga köp martalik Şengen vizasini berişni taqiqlamoqçi
6-11-2025, 14:41
115 марта

YeI rossiyaliklarga köp martalik Şengen vizasini berişni taqiqlamoqçi
Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolariga köp martalik Şengen vizalarini berişni deyarli töliq töxtatişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda uşbu masalani muhokama qilayotgan uç nafar yevropalik amaldorga tayanib, “Politico” naşri xabar berdi.Yangi çoraga köra, Rossiya fuqarolariga asosan bir martalik kiriş vizalari beriladi. Çeklovlar şu hafta içida maqullanişi mumkin.
Bryussel Ukraina uruşi boşlanganidan söng, 2022 yilda Moskva bilan soddalaştirilgan viza tartibi töğrisidagi kelişuvni töxtatib, Rossiya fuqarolari uçun viza oliş jarayonini murakkablaştirgan. Ayrim YeI azo davlatlari, xususan, Boltiqböyi mamlakatlari bundan ham qattiqroq çeklovlar joriy qilib, Rossiya fuqarolari uçun öz hududlariga kirişni deyarli tösib qöydi. Şu bilan birga, vizalar beriş masalasi har bir davlat hukumatining vakolatida qolmoqda. Bu esa Yevropa komissiyasi jarayonni murakkablaştirişi mumkinligini, biroq barça Şengen mamlakatlariga kiriş böyiça töliq taqiq joriy etiş vakolatiga ega emasligini anglatadi.
Yevrokomissiya statistik malumotlariga köra, 2024 yilda Rossiya Şengen vizasiga eng köp ariza topşirgan davlatlardan biri bölgan – Rossiya fuqarolari qariyb 606 ming ariza topşirgan, şundan 500 mingdan ortiği tasdiqlangan. Şu bilan birga, 2023 yilga nisbatan vizalar soni ortgan bölsa-da, u 2019 yildagi pandemiyagaça va uruşgaça bölgan davr körsatkiçlaridan ança past – öşa yili rossiyaliklarga 4 milliondan ortiq hujjat rasmiylaştirilgan. Hozirda eng faol ravişda viza berayotgan mamlakatlar – Vengriya, Frantsiya, Ispaniya va Italiya.
“Politico”ning yozişiça, Yevropa komissiyasi dekabr oyida yangi umumevropa viza strategiyasini taqdim etmoqçi. Unga köra, YeI duşman deb hisoblagan mamlakatlarga nisbatan viza siyosati vositalaridan foydalaniş va rossiyaliklar uçun hujjat beriş mezonlarini yanada qatiylaştiriş közda tutilgan.
YeI Rossiya bilan soddalaştirilgan viza kelişuvini 2022 yil 12-sentabrda töxtatgan, oqibatda arizalarni körib çiqiş muddati uzaytirilgan va konsullik tölovi oşirilgan. Polşa, Latviya, Litva, Estoniya va Çexiya kabi qator Yevropa davlatlari esa rossiyalik sayyohlarga viza berişni butunlay töxtatgan.