USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropaga kirişda yangi tizim işga tuşdi

377 марта
Yevropaga kirişda yangi tizim işga tuşdi

12 oktyabrdan Yevropaning Şengen zonasida EES (Entry Exit System) nomli yangi elektron kiriş-çiqiş tizimi amalga kirdi. Yangi qoidalarga köra, endi Şengen hududiga kiruvçi barça uçinçi davlat fuqarolari, jumladan Özbekiston fuqarolari ham, çegarada biometrik malumotlar — yuz surati va barmoq izlarini topşirişi şart böladi.

EES tizimi fuqarolar haqidagi malumotlarni raqamli bazaga yozib boradi. Keyingi safarda Şengen çegarasini kesib ötişda uşbu malumotlar avtomatik ravişda tekşiriladi. Bu orqali Yevropa Ittifoqi çegara xizmati turist yoki sayohatçi qança vaqt qolganini aniq kuzatib boriş imkoniga ega böladi.


Tizim çegaradagi barça turdagi ötiş nuqtalarida — aeroportlar, portlar, temir yöl vokzallari va avtomobil postlarida işlaydi. Yangi tartib vizasiz kiriş huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham tatbiq etiladi. Biroq Şengen hududida istiqomat ruxsatnomasi yoki uzoq muddatli vizaga ega şaxslar uçun alohida yölaklar taşkil etiladi.

EES tizimi dastlab Çexiya, Estoniya va Lyuksemburgda töliq işga tuşdi. Germaniya esa tizimni avval Dyusseldorf aeroportida, keyinçalik Frankfurt va Myunxenda joriy etişni rejalaştirgan. Yevropa Komissiyasi malumotiga köra, tizim kelgusida 29 davlatning taşqi çegaralarida töliq faoliyat körsatadi.

EES tizimi fuqarolarning ismi, pasport malumotlari, biometrik malumotlari, kiriş vaqti va joyi haqidagi malumotlarni qayd etadi. Bu noqonuniy migratsiya va hujjat soxtalaştiriş holatlarining oldini olişga, şuningdek Yevropa aholisi va sayohatçilar xavfsizligini taminlaşga xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqi malum qilişiça, 2026 yil 10 aprelgaça pasportlarga muhr bosiş amaliyoti butunlay bekor qilinib, çegara nazorati töliq avtomatlaştiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: