Notariusda ayrim hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi
10-09-2025, 20:18
578 марта

Notariusda ayrim hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi
Notarial xizmatlar körsatişda ayrim talablar bekor qilinadi.Qarorga köra, 2025 yil 1 dekabrdan respublikada notarial tasdiqlangan nikoh şartnomalari nusxasini “Notarius” axborot tizimi (Tizim) ga majburiy yuklaş tartibini joriy etiş orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qiliş bekor qilinadi.
Bunda notarial harakatlarni amalga oşiriş jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar elektron qurilmalarda saqlanadi hamda ularni Tizimda töğridan-töğri notarial harakatga biriktiriş va saqlaş imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun notariusga Özbekiston fuqarosining şaxsini tasdiqlovçi hujjatning aslini taqdim etiş talabi bekor qilinadi.
Bunda fuqarolarning şaxsi ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjat rekvizitlari orqali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik malumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi.
2026 yil 1 apreldan köçmas mulk va undagi uluşlar bilan boğliq barça bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat röyxatidan ötkaziş uçun yuboriladi.
Söng, köçmas mulk obekti davlat röyxatidan ötkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi malumotlar kommunal xizmatlar taşkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va malumotlar bazalarida yangilanadi.