Özbekistonning JSTga kirişini tezlatiş uçun ayrim korxonalarning maxsus huquqi bekor qilinadi
3-05-2025, 15:03
179 марта

Özbekistonning JSTga kirişini tezlatiş uçun ayrim korxonalarning maxsus huquqi bekor qilinadi
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga azolik yanada jadallaştiriş maqsadida davlat iştirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi. Bu 30 aprel kuni qabul qilingan ayrim hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi haqidagi Prezident farmonida belgilangan.Unga köra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
- bir qator davlat iştirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;
- bojxona yiğimlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi taminlanadi;
- oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalaş tartibi joriy etiladi;
- respublika hududida maişiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro meyorlarga muvofiqlaştiriladi.