Toşkent viloyatidan poytaxtga kirib kelişda yangi tizim işga tuşadi
10-07-2025, 09:50
1 311 марта

Toşkent viloyatidan poytaxtga kirib kelişda yangi tizim işga tuşadi
Yiğilişda, şuningdek, mamlakatda jamoat transporti tizimi aholini rozi qiladigan darajada yölga qöyilmagani körsatib ötildi.Şaharlararo avtobuslar grafik böyiça emas, balki yölovçilari 40-50 kişi bölib tölganda yurişga örgangan. Çunki tadbirkorlarga şaharlararo jamoat transportida zararni kompensatsiya qiliş mexanizmi yölga qöyilmagan. Subsidiya faqat şahar atrofidagi avtobuslar uçun bor.
Prezident endilikda örta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantiriş böyiça yangi tizim joriy qilinişini aytdi.
Takidlanişiça, buning uçun Toşkent şahri va viloyatlararo qatnov böyiça alohida yondaşuv böladi.
«Poytaxtga kuniga 1 million odam taşrif buyursa, şundan 275 ming nafari Toşkent viloyatidan keladi.
Şu bois poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga ötib, Toşkent viloyatining barça tutaş hududlarini qamrab oladi.
Buning uçun, Toşkent xalqa yöligaça kelayotgan 20 ta avtobus yönalişi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marşrut qöşiladi. Bu Toşkent viloyati aholisi uçun katta qulaylik böladi.
«Marşrutlar uzaysa, kutiş vaqti köpayadi», deb aholi xavotirga tuşmasin. Sentyabrgaça poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz», - dedi davlat rahbari.
Yangi tizimni poytaxt va Toşkent viloyati uçun 1 sentyabrdan, yirik şaharlarda esa kelasi yili 1 yanvardan joriy qiliş topşirildi.