341 ming öqituvçidan 102 ming nafari imtihondan öta olmadi – Prezident
15-05-2025, 14:25
453 марта

“Ikki yil oldin toifa beriş tizimi şaffof, raqamlaşgan platformaga ötgani haqiqiy ahvolni körsatdi”, – dedi davlatimiz rahbari.
Jumladan, ötgan yili 341 ming öqituvçi yangi tizim asosida toifaga topşirgan bölsa, şundan 102 ming nafari imtihondan öta olmagani qayd etildi.
Işga olişda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholaş tizimiga ötildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bölgani uçun işga kira olmadi.
Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar öqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika böyiça muallim tayyorlanmaydi.