USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Latviyaga boradigan özbekistonliklar endi safar maqsadini malum qilişi kerak böladi

202 марта

Latviyaga boradigan özbekistonliklar endi safar maqsadini malum qilişi kerak böladi 

Latviyaga taşrif buyuradigan uçinçi davlat fuqarolari uçun 1 sentyabrdan boşlab avvaldan xabardor qiliş tartibi joriy etiladi Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.


Malum qilinişiça, Latviya Immigratsiya töğrisidagi qonuniga özgartişlar kiritildi. Yangi tartibga köra, 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlari tomonidan berilgan Şengen vizasi yoki yaşaş guvohnomasi bilan Latviyaga taşrif buyuradigan uçinçi davlat fuqarolari, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun avvaldan xabardor qiliş tartibi joriy etilmoqda.

Unga köra, Latviya tomonidan rasmiylaştirilgan viza yoki yaşaş guvohnomasiga ega bölmagan uçinçi davlat fuqarolari Latviyaga safar qilişlaridan kamida 48 soat avval eta.gov.lv  sayti orqali özlari haqida tegişli malumotlarni taqdim etişlari lozim Bu majburiyat Latviya orqali tranzit harakatlanuvçi şaxslarga ham tatbiq etiladi.
Latviyaga taşrif buyuruvçi şaxs şaxsan özi  eta.gov.lv  sayti orqali söralgan malumotlarni taqdim etadi hamda tegişli tasdiq elektron manziliga kelib tuşişini kutişi lozim.

Latviya Içki işlar vazirligi rasmiy saytida elon qilingan malumotga köra, taqdim etilişi lozim bölgan malumotlar sirasiga quyidagilar kiradi;

safar kiriş maqsadi;
rejalaştirilgan turiş vaqti va joyi;
safar yönalişi;
aloqa malumotlari;
şaxs yoki uning qarindoşi egallab turgan saylanadigan lavozimlarda faoliyat yuritişi;
saylovda nomzod sifatida qatnaşganligi;
davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarida amaldorlik hozirgi yoki sobiq maqomi;
Qurolli kuçlar, maxsus xizmatlar, çegara qöşinlari, bojxona, içki işlar, adliya yoki taşqi işlar şu jumladan diplomatik xizmatlarda faoliyat olib borganlik haqidagi malumotlar

Latviya Içki işlar vazirligi malumotiga köra, agar xorijlik uşbu malumotlarni taqdim etmasa yoki notöğri/töliq bölmagan malumot bersa, mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Yangi kiriş tartibi diplomatik immunitetga ega şaxslarga, rasmiy vazifalarni bajariş yoki texnik qöllab-quvvatlaş maqsadida qisqa muddatga Latviyaga kelayotgan şaxslarga taalluqli emas

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: