Avstriya afğonistonliklarni Özbekiston orqali deportatsiya qilmoqçi
2-05-2026, 08:26
100 марта

Avstriya afğonistonliklarni Özbekiston orqali deportatsiya qilmoqçi
Joriy yilning 7 may kuni Avstriya Taşqi işlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger va Içki işlar vaziri Gerxard Karner “Mobillik töğrisidagi bitim”ni imzolaş uçun Özbekistonga taşrif buyurişi kutilmoqda. Bu haqda “Die Presse” xabar berdi.Mamlakat Içki işlar vazirligining naşr söroviga bergan javobiga köra, uşbu murakkab nom ostida kelgusida deportatsiya masalalarida “yaxşiroq hamkorlik qiliş” kelişuvi yotibdi. Xususan, Avstriya öz vataniga deportatsiya qilinişi kerak bölgan afğonistonliklarni avstriyalik kuzatuvçilar hamrohligida qöşni Özbekiston orqali öz manzillariga yetkazişni maqsad qilgan.
“Şu paytgaça Afğonistonga deportatsiya qiliş faqat Istanbul aeroporti orqali amalga oşirilar edi, endi esa Qobulga “ikkinçi darvoza” oçilmoqda”, deyiladi xabarda.Karnerning sözlariga köra, uşbu kelişuv bilan “qatiy va adolatli boşpana siyosatining bir qismi sifatida deportatsiyani izçil amalga oşiriş uçun şaroit” yaratiladi. Bitimda, şuningdek, Özbekiston orqali Yevropa Ittifoqiga kirib borgan öz fuqarolarini, uçinçi davlat fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni qayta qabul qiliş masalalari ham tartibga solinadi. Avstriya va Yevropa Ittifoqining yana törtta davlati (Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya va Daniya) birgalikda ilgari surayotgan rad etilgan boşpana izlovçilar uçun maxsus qaytariş markazlari (hozirça) kelişuvning bir qismi emas.
Şu bilan birga, Maynl-Rayzinger Vazirlar Mahkamasi yiğilişidan söng qonuniy immigratsiya yöllari “mustahkam huquqiy asosga” ega bölişini aytgan.
“Har ikki tomon öz qoidalariga muvofiq ikki mamlakat örtasida malakali işçilarning xavfsiz, tartibli va muntazam harakatlanişini rağbatlantiriş majburiyatini oladi”, deyiladi bölajak bitimda.