USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sahro Eskobari” işidan söng Marokaşda 29 kişi qamaldi

75 марта
“Саҳро Эскобари” ишидан сўнг Марокашда 29 киши қамалди

Marokaş sudi xalqaro giyohvandlik savdosi va korruptsiyaga oid yirik iş böyiça 29 nafar şaxsni, jumladan, taniqli siyosatçilar va sport sohasi vakillarini 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Malum qilinişiça, hukm qilinganlar orasida quriliş sohasidagi tadbirkor va sobiq mintaqaviy kengaş raisi Abdennebi Biyui, Kasablankaning “Vidad” futbol klubining sobiq prezidenti Said Nosiri hamda parlamentning sobiq deputati Belkasem Mir ham bor. Ular hukmron PAM partiyasining yuqori lavozimli azolari hisoblanadi.

Sud qaroriga köra, Biyui 12 yilga, Nosiri va Mir esa 10 yildan qamoq jazosiga hukm qilingan. Qolgan sudlanuvçilar esa işdagi roliga qarab ikki yildan töqqiz yilgaça ozodlikdan mahrum etilgan. Qayd etilişiça, mazkur jinoyat işi “Sahroning Pablo Eskobari” laqabi bilan tanilgan malilik maşhur giyohvand moddalar savdogari El Haj Ahmad Ben Brahimning sudda bergan körsatmalaridan keyin boşlangan.

Hozirda Marokaşda 10 yillik qamoq jazosini ötayotgan Ben Brahim tergovçilarga sobiq marokaşlik siyosiy va biznes hamkorlari uning 2019 yilda hibsga olinganidan söng millionlab dollarlik köçmas mulklari va qimmatbaho avtomobillarini özlaştirib olganini aytgan. Sud jarayonida 20 dan ortiq ayblanuvçi, 18 nafar guvoh va ikki nafar davogar iştirok etgan.

Tergov malumotlariga köra, jinoiy tarmoq Marokaşda işlab çiqarilgan tonna-tonnalab kannabis smolasini Şimoliy Afrika orqali Yevropaga, şuningdek, Lotin Amerikasidan keltirilgan kokainni taşiş bilan şuğullangan. Sudlanuvçilar giyohvand moddalar va oltin kontrabandasi, korruptsiya, hujjatlarni soxtalaştiriş hamda pul yuviş kabi jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi davlat lavozimlariga tayinlov evaziga pora olganlikda aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: