Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
19-02-2026, 14:54
250 марта
Janubiy Koreya sobiq prezidenti umrbod qamoq jazosiga hukm qilindiJanubiy Koreyada sud sobiq prezident Yun Sok Yolni 2024 yil oxirida mamlakatda harbiy holat joriy etiş bilan boğliq ravişda isyon taşkil etganlikda aybdor deb topdi. Umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangani haqida Yonhap agentligi xabar berdi.
Mazkur iş doirasida Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon ham aybdor deb topildi. U harbiy holat elon qilinganidan söng yuzaga kelgan vaziyat uçun masuliyatni öz zimmasiga olganini bildirgan. Sud hukmiga köra, u 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda CNN malum qildi.
2024 yil 3 dekabr kuni keçqurun Yun Sok Yol millatga murojaat qilib, mamlakatni Şimoliy Koreya kommunistik kuçlari tahdididan himoya qiliş maqsadida favqulodda harbiy holat joriy etilganini elon qilgan edi. Biroq murojaatdan 150 daqiqa ötib, parlamentning favqulodda yiğilişida harbiy holatni bekor qiliş töğrisida qaror qabul qilingan.
6 dekabr kuni parlament prezidentga nisbatan impiçment elon qilişga birinçi urinişni amalga oşirgan, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oradan bir hafta ötib, 14 dekabr kuni ötkazilgan ikkinçi ovoz beriş jarayonida impiçment tasdiqlanib, Yun Sok Yol lavozimidan çetlatilgan va sudga topşirilgan.