USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yoşlar orasida yangiliklardan uzoqlaşiş kuçaymoqda

58 марта
Ёшлар орасида янгиликлардан узоқлашиш кучаймоқда

Dunyoning köplab mamlakatlarida yoşlar ananaviy yangiliklarni kuzatişdan tobora yuz ögirmoqda. Tadqiqotçilar esa jurnalistika jamiyat uçun hanuz öz ahamiyatiga ega ekanini aytişmoqda. Bu haqda “DW Global Media Forumida Reuters Digital News Report” malumot berdi.

Hisobotning muhim jihatlaridan biri şundaki, yoş foydanuvçilar televideniya yoki axborot vositalarining veb-saytlari va ilovalarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlar va video platformalarda köproq yangiliklar istemol qiladi.

AQŞda 25 yoşgaça bölgan barça respondentlarning uçdan bir qismi heç qaçon televizorda yangiliklarni tomoşa qilmasliklarini yoki yangiliklar veb-saytlaridan muntazam foydalanmasliklarini aytgan.

Tadqiqot muallifi Jim Eganning sözlariga köra, yoşlar ijtimoiy tarmoqlar va video platformalar doimiy foydalanuvçilari, lekin bu yerda yangiliklarga bölgan işonç eng past darajada.

Şuningdek, uşbu tadqiqotda video formatlar tobora ommalaşayotgani aytilgan. Sörovnomada qatnaşganlarning qariyb 75 foizi haftada bir marta yangiliklar videolarini tomoşa qilişlarini malum qilgan. Ayniqsa, YouTube, TikTok va Instagram eng ommabop platformalar qatoridan joy olgan.

Yoşlar orasida nafaqat TikTok, YouTube Şorts kabi videolar maşhur, balki qatnaşçilarning taxminan 20 foizi doimiy ravişda 20 daqiqadan ortiq davom etuvçi videolarni hamda YouTube’dagi jonli yangilik dasturlarni tomoşa qilişlari aniqlangan.

Tadqiqotçi sörovda qamrab olingan 48 ta mamlakatda 29 tasida işonç kamida 3 foizga pasayganini aytib ötgan, bu tendentsiya davom etişi mumkinligi bilan ogohlantirgan. Şunga qaramasdan, jurnalistikaning jamiyatdagi örni saqlanib qolayotgani takidlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: