Kanada 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
12-06-2026, 17:07
63 марта

Kanada 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
Kanada hukumati 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş hamda suniy intellekt çatbotlari faoliyatini tartibga solişni nazarda tutuvçi yangi qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qonun loyihasiga köra, belgilangan xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan ijtimoiy tarmoq platformalarida 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilarning akkaunt oçişi taqiqlanadi.
Şuningdek, suniy intellekt çatbotlari uçun xavfsizlik talablarini işlab çiqadigan maxsus raqamli regulyator taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Yangi talablarga rioya qilmagan kompaniyalar global yillik daromadining 3 foizigaça yoki 10 million Kanada dollari miqdorida jarimaga tortilişi mumkin.
Kanada Madaniyat vaziri Mark Millerning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlar va çatbotlar foydalanuvçilar etiborini imkoni qadar uzoq vaqt uşlab turişga qaratilgan bölib, ular bolalarning soğlom rivojlanişiga salbiy tasir körsatmoqda.
Uning takidlaşiça, yangi qonunçilik yoşlar uçun xavfsizroq internet muhitini yaratiş, ularni yuzma-yuz muloqot qilişga, talimga köproq etibor qaratişga va amaliy hayotiy könikmalarni rivojlantirişga yordam beradi.