Gretsiya ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini taqiqlaydi
8-04-2026, 20:35
63 марта

Gretsiya ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini taqiqlaydi
Gretsiyada 2027 yilning 1 yanvaridan boşlab 15 yoşdan kiçik ösmir bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlanadi. Bu haqda Gretsiya hukumatiga tayanib, BBC xabar berdi.Qayd etilişiça, Gretsiyada yoş bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga qaram bölib qolişi ortidan hukumat 2027 yilning 1 yanvaridan boşlab 16 yoşga tölmagan ösmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni butunlay taqiqlaydi. Şu orqali Gretsiya bolalarning onlayn platformalarga kirişini çeklagan sönggi Yevropa davlatlaridan biriga aylanadi.
Gretsiya Boş vaziri Kiriakos Mitsotakisning aytişiça, bu yoşlar orasida ortib borayotgan stress va uyqu muammolari hamda ijtimoiy tarmoqlarga “qaramlik instinkti”dan qutuliş uçun katta qadam böladi.
“Biz bu qaror orqali farzandlarimizni ilhom, bilim va ijod manbai bölgan tehnologiyalardan uzoqlaştirişni emas, balki ularni soğlom va aqlli tarzda voyaga yetişlarini taminlaşni maqsad qilganmiz. Biz rejalaştirgan çeklovlar qiyin bölişi mumkin, ammo ular bolalarimizning kelajagi uçun juda zarur ahamiyatga ega”, deydi Gretsiya Boş vaziri.Şuningdek, Mitsotakis Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenga maktub yöllab, Gretsiya voyaga yetmaganlarni himoya qiliş böyiça Yevropaning rivojlangan davlatlari darajasida harakat qiliş uçun maxsus platforma rejasini taqdim etgan.
Uning takliflariga köra, platformada 15 yoşgaça bölgan barça bolalarning yoşini majburiy tekşiriş, uşbu yoş guruhi uçun umumevropa qoidalar bandini joriy etiş va har olti oyda foydalanuvçilarning yoşini qayta körib çiqiş zarur.
Malumot uçun, Buyuk Britaniya parlamentida ham 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaş masalasi körib çiqilmoqda. Agar qaror tasdiqlansa, Britaniyada ham kelgusi yildan ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş huquqi butunlay çeklanişi mumkin.
Bundan taşqari, Frantsiya, Avstriya va Ispaniyada ham şunga öxşaş çeklovlar elon qilinmoqda.
Avstraliya 2025 yilning dekabr oyida voyaga yetmagan bolalarning Snapçat, You Tube va TikTok kabi yetakçi platformalardan foydalanişini taqiqlagan edi. Şu orqali mamlakat bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklagan dunyodagi ilk davlatga aylangan.