USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğiston 16 yoşgaça bölganlar uçun Instagram va TikTok’ni çeklamoqçi

72 марта
Qozoğiston 16 yoşgaça bölganlar uçun Instagram va TikTok’ni çeklamoqçi

Qozoğistonda 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş masalasi muhokama qilinmoqda. Mamlakat hukumati tegişli qonunçilik normalarini işlab çiqmoqda va bu taşabbus yaqin vaqtlarda parlament muhokamasiga kiritilişi mumkin.

Bu haqda Qozoğiston madaniyat va axborot vaziri örinbosari Yevgeniy Koçetov malum qildi. Uning sözlariga köra, qonunçilikka kiritilişi rejalaştirilayotgan tuzatişlar paketi allaqaçon şakllantirilgan bölib, unda bolalarning onlayn platformalarga kirişini çeklaşga qaratilgan normalar mavjud.

“16 yoşgaça bölgan bolalarning röyxatdan ötişini çeklaş haqidagi norma muhokama qilinmoqda. Hozirça mexanizmlar töliq kelişilmagan, ammo biz bu normani qonunçilikka kiritiş ustida işlayapmiz”, dedi Koçetov.

Uning takidlaşiça, hujjat hozirça parlamentga kiritilmagan va davlat organlari bilan kelişiş bosqiçida turibdi. Qonun loyihasida nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balki onlayn-psixologlar va internet-kouçlar faoliyatini tartibga solişga oid normalar ham mavjud.
Qozoğiston rasmiylari ijtimoiy tarmoqlarga yoş böyiça çeklov joriy etişni xalqaro tendentsiya deb baholamoqda. Koçetovning aytişiça, bu borada Avstraliya birinçi davlatlardan biri bölgan va hozirda Yevropa mamlakatlarida ham şunga öxşaş taşabbuslar faol muhokama qilinmoqda.

“Evropaning bir qator davlatlari bu masalani qonunçilik darajasida körib çiqyapti. Yevroparlament ham milliy qonunçilikka bunday normalarni kiritişni tavsiya qilgan”, degan vazir örinbosari.

Biroq amaldorning tan olişiça, asosiy muammo taqiqni amalda qanday işlatiş masalasi. Xususan, Avstraliya tajribasi kutilgan natijani bermagan. U yerda yoşni tekşiriş uçun yuzni skanerlaş tizimi joriy qilingan bölsa-da, bolalar ota-onalarining akkauntlaridan foydalanişni boşlagan.
“Biz hozirça qaysi mexanizm eng samarali bölişini aniq bilmaymiz”, degan Koçetov.

Sönggi yillarda dunyo böylab bolalarni ijtimoiy tarmoqlar tasiridan himoya qilişga qaratilgan çeklovlar kuçaymoqda. Avstraliyada 2025 yil dekabridan 16 yoşgaça bölganlar uçun qator ijtimoiy platformalarga kiriş çeklangan.

Buyuk Britaniya hukumati ham 2026 yil boşida bolalarni internet tasiridan himoya qiliş çoralarini körib çiqayotganini malum qilgan. Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes 16 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaş taşabbusini ilgari surgan bölsa, Germaniyada ham yoş çeklovini joriy etiş böyiça bahslar kuçaygan.

Norvegiya 2026 yil oxirigaça bu masala böyiça qonun loyihasini parlamentga kiritişni rejalaştirmoqda. Turkiya esa aprel oyida 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklovçi qonunni qabul qildi. Frantsiya va Ozarbayjonda ham şunga öxşaş taşabbuslar muhokama qilinmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: