Instagram ota-onalarni suitsiddan ogohlantirişni boşlaydi
27-02-2026, 10:07
94 марта

Instagram ota-onalarni suitsiddan ogohlantirişni boşlaydi
Instagram ösmirlar suitsid yoki özini jarohatlaşga oid atamalarni qisqa vaqt içida takroran qidirsa, ota-onalarga xabar berişni boşlaydi. Bu qaror hukumatlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş yoşini çeklaş masalasini körib çiqayotgan bir paytga töğri keldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Platforma egasi “Meta Platforms”ning malum qilişiça, yangi funktsiya ixtiyoriy “ota-ona nazorati” rejimiga ulangan foydalanuvçilarga tatbiq etiladi. Kompaniya öz bayonotida özini öldiriş yoki özini jarohatlaşni tarğib qiluvçi kontentga qarşi qatiy siyosat yuritilişini takidlagan. Ilgari bunday qidiruvlar bloklanib, yordam resurslariga yönaltirilar edi; endi esa ota-onalarga ham signal yuboriladi. Xizmat kelasi haftadan AQŞ, Britaniya,Avstraliya va Kanadada işga tuşiriladi.
Bu qadam Avstraliya 16 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş töğrisida qaror qabul qilganidan söng muhokamalar kuçaygan şaroitda elon qilingan. Britaniya joriy yil yanvarda bolalarni onlayn himoya qiliş böyiça çeklovlarni körib çiqişini bildirgan, Ispaniya, Gretsiya va Sloveniya ham kiriş imkoniyatlarini qisqartiriş variantlarini muhokama qilmoqda.
Instagram’ning “ösmir akkauntlari” tizimiga köra, 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilar sozlamalarni özgartiriş uçun ota-ona roziligini olişi kerak. Qöşimça nazorat qatlami esa bolaning roziligi bilan faollaştiriladi. Hukumatlar bolalar xavfsizligi va şaxsiy hayot daxlsizligi örtasida muvozanat topişga urinmoqda.