USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bugun Yer yaqinidan yirik asteroid uçib ötadi

132 марта
Бугун Ер яқинидан йирик астероид учиб ўтади

Yevropa kosmik agentligi malumotlariga köra, bugun, 27 iyun kuni yirik asteroid Yer yaqinidan uçib ötadi. Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.

Malum qilinişiça, 1997 NC1 nomli asteroid Yerga eng yaqin masofadan ötadi. Biroq u sayyora uçun heç qanday xavf tuğdirmaydi. Yevropa kosmik agentligi malumotiga köra, u Yerdan taxminan 2,6 million kilometr uzoqlikda harakatlanadi. Bu masofa Oy bilan Yer orasidagi masofadan qariyb yetti baravar uzoq bölsa-da, astronomik hisob-kitoblarga köra, u Yer yaqinidan ötuvçi yirik asteroidlar sirasiga kiradi.

1997 NC1 qariyb 30 yil avval Gavayidagi asteroidlarni kuzatiş tizimi tomonidan aniqlangan. Uning diametri 750 metrdan 1,65 kilometrgaça yetişi mumkin.

Mutaxassislarning aytişiça, asteroid Yerga yaqinlaşsa-da, uning orbitasi sayyora bilan kesişmaydi. Şu sababli u heç qanday xavf tuğdirmaydi. Durbin yoki kiçik teleskopga ega osmon kuzatuvçilari uni samo böylab harakatlanayotgan xira yoruğ nuqta sifatida kuzatişlari mumkin.

NASA hisob-kitoblariga köra, 1997 NC1 bundan keyin 2133 yilgaça Yerga bunça yaqin masofadan qayta uçib ötmaydi. Şu bois, uning bu galgi parvozi astronomlar va havaskor osmon kuzatuvçilari uçun noyob hodisalardan biri hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ham 2026 JH2 nomli asteroid Yer yonidan xavfsiz tarzda ötib ketgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: