Tailandda çemodan içidan 17 yaşar qizning jasadi topildi
Tailand politsiyasi 17 yoşli qiz ölimi yuzasidan tergov doirasida Avstraliya fuqarosini qölga oldi. Qizning jasadi Pattayya şahrida çemodan içida topilgan. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.
Malumotlarga köra, 46 yoşli avstraliyalik erkak keça, 26 iyun kuni soat 21:30 atrofida Bangkokdagi Suvarnabxumi xalqaro aeroportida hibsga olingan. Pattayya şahar politsiyasining malum qilişiça, tergovçilar gumondorning 17 yoşli tailandlik qiz ölimiga aloqador bölişi mumkinligi haqidagi malumotlar asosida harakat qilgan. Qizning jasadi Pattayyadagi Suzuvçi bozor ortidagi hududdan çemodan içida topilgan.
Politsiya malumotiga köra, gumondor qiz öğirlanişi va öldirilişiga aloqadorligini inkor etgan. Biroq söroqdan söng u hibsga olingan. Tergovçilar sud-tibbiy ekspertiza xulosasi hamda boşqa dalillarni kutayotgani, şundan keyin rasmiy ayblov elon qilinişi malum qilingan. Dastlabki malumotlarga köra, unga bolani öğirlaş, qotillik, jasadni yaşiriş hamda voyaga yetmagan şaxsni jinsiy maqsadlarda öğirlaş kabi ayblovlar qöyilişi mumkin.
Qayd etilişiça, kuzatuv kameralari tasvirlarida gumondor 25 iyun kuni tongda 17 yoşli qiz bilan birga Pattayyadagi turar joy binolaridan biriga kirgani aks etgan. Bir neça soat ötgaç, u binodan katta qora çemodanni kötarib çiqqan va uni mototsikl orqasida olib ketgani tasvirga tuşgan.
26 iyun kuni politsiya temir yöl yaqinidan uşbu çemodanni topgan. Uning içida qizning jasadi bölgan. Tergovçilar jasadda zöravonlik izlari mavjudligini malum qilgan. Pattayya politsiyasi aeroport immigratsiya xizmatiga gumondorning mamlakatni tark etişining oldini oliş uçun maxsus kuzatuv topşiriğini yuborgan.
Mahalliy naşrlar malumotiga köra, söroq vaqtida gumondor çemodan taşlab yuborilgan joy haqida malumot bergan.
“Bu malumot olingandan keyin immigratsiya xodimlari Pattayya şahar politsiyasi tergovçilari bilan birgalikda körsatilgan joyni tekşiriş uçun yetib bordi. Keyinçalik öşa yerdan 17 yoşli qizning jasadi topildi”, deyiladi mahalliy OAV xabarida.
Avstraliya Taşqi işlar va savdo vazirligi vakili esa mamlakat idoralari Tailandda qölga olingan Avstraliya fuqarosiga konsullik yordamini körsatayotganini tasdiqlagan.
“Maxfiylikka oid majburiyatlarimiz tufayli bu masala yuzasidan qöşimça izoh bera olmaymiz”, degan vazirlik vakili.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Istanbulning Şişli tumani Kuyuluboğ köçasidagi çiqindi qutisidan 37 yaşar özbekistonlik Durdona Hakimovaning bölaklangan jasadi topilgan edi.