USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Politsiya adaşib 9 yoşli qizni otib öldirdi

231 марта
Полиция адашиб 9 ёшли қизни отиб ўлдирди

Pokistonning Panjob viloyatidagi Çakval şahrida politsiya tomonidan avtomobilga adaşib öq uzilişi oqibatida avstraliyalik 9 yoşli qiz halok böldi, uning ikki nafar oila azosi esa jarohat oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat malumotlariga köra, voqeadan söng avtomobilga öq uzgan politsiyaçi hibsga olingan. Avstraliyaning Pert şahri yaqinidagi Kevdeyl tumanida yaşovçi, asli pokistonlik oila tatil uçun qarindoşlarini körgani Çakvalga kelgan. Ular qurollangan bosqinçilar tomonidan talonçilikka uçragan.

Voqeaga guvoh bölgan politsiyaçi jinoyatçilarga öq uzgan. Bosqinçilar mototsiklda qoçib ketgan, biroq voqea joyiga yetib borgan boşqa politsiyaçilar oila ketayotgan avtomobilni jinoyatçilarniki deb öylab, unga qarata öt oçgan.

“Politsiyaçilar tezlik bilan uzoqlaşayotgan avtomobilni bosqinçilarga tegişli deb hisoblab, maşinaga tartibsiz ravişda öq uzgan”, deydi mahalliy politsiya vakili.

Oqibatda 9 yoşli Haniya Ahmad oğir yaralangan va şifoxonada vafot etgan. Uning otasi hamda akasi jarohat olib, Ravalpindidagi şifoxonaga yotqizilgan. Ularda jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Qizning onasi esa jabrlanmagan.

Hodisa yuzasidan tergov boşlangan. Politsiya aybdorlar aniqlansa, ularga nisbatan qatiy çoralar körilişini bildirgan. Şu maqsadda maxsus qöşma tergov guruhi tuzilgan.

Malum bölişiça, marhum qizning ota-onasi Haj safaridan qaytgan kunning özida uşbu fojiaga duç kelgan. Bosqinçilar ulardan taxminan 500 ming Pokiston rupiyasi qiymatidagi taqinçoqlarni olib ketgan.

Avstraliya Taşqi işlar va savdo vazirligi oilaga konsullik yordami körsatilayotganini malum qilgan. Ğarbiy Avstraliya boş prokurori Toni Buti hodisani “juda ayançli fojia”, deb atagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil askarlari tomonidan Ğarbiy Sohil hududida 7 oylik çaqaloq otib öldirilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: