Yoxannesburgda ommaviy otişma sodir böldi. Önlab qurbonlar bor
10-06-2026, 14:44
128 марта

Yoxannesburgda ommaviy otişma sodir böldi. Önlab qurbonlar bor
Janubiy Afrikaning Yoxannesburg şahridagi Klivlend hududida sodir bölgan ommaviy otişma oqibatida kamida 12 kişi halok böldi, yana 9 kişi jarohat olgan. Bu haqda BBC xabar berdi.Hodisa keça, 9 iyun kuni keçasi mahalliy vaqt bilan taxminan 23:10 atrofida yuz bergan. Favqulodda xizmatlar “otişma davom etmoqda”, degan çaqiruvdan söng tezda voqea joyiga yetib borgan.
Politsiya bayonotida aytilişiça, 10 dan ortiq qurollangan şaxs oq rangli Toyota Quantum mikroavtobusi orqali hududga borgan. Ular norasmiy aholi punktiga ikki kiriş yöli orqali kirib, içida turli nuqtalarda aholiga qarata öq uzgan, söngra öşa transport vositasida qoçib ketgan.
Voqea joyida 8 erkak va 3 ayol halok bölgan, yana bir erkak şifoxonada vafot etgan. Jarohat olgan 9 kişi turli tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Hozirça hujum sababi aniqlanmagan. Politsiya gumonlanuvçilarni qidiriş böyiça maxsus operatsiya boşlagan.