Gretsiyaga qaraşli orolda otişma böldi. Qurbonlar bor
1-11-2025, 22:39
95 марта

Gretsiyaga qaraşli orolda otişma böldi. Qurbonlar bor
Bugun, 1 noyabr kuni Gretsiyaning Krit orolida yuz bergan otişma oqibatida ikki kişi halok böldi, yana 10 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.“Gretsiyaning Krit orolidagi qişloqda erkak va ayol otişma oqibatida halok böldi, kamida 10 kişi yaralandi”, deyiladi xabarda.Politsiya malumotiga köra, hodisa oilaviy adovat ortidan sodir bölgan. Hozirda otişma sodir etgan odamning şaxsi aniqlanmoqda.
“Krit orolida tarixdan oilalar örtasidagi qonli adovatlar, qasos oliş, şanni haqorat qiliş yoki tuhmat sababli yuzaga keladigan mojarolar mavjud”, deyiladi xabarda.Qayd etilişiça, Gretsiya politsiyasining yuqori lavozimli mansabdor şaxslari, jumladan politsiya boşliği va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi rahbari voqea joyiga – Kritga yöl olgan.