USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda erkak oilaviy nizo sabab 6 qarindoşini otib taşladi

102 марта

AQŞda erkak oilaviy nizo sabab 6 qarindoşini otib taşladi

Amerikaning Ayova ştati, Maskatin şahrida sodir etilgan otişma oqibatida olti kişi halok böldi. Politsiya malumotlariga köra, uşbu fojia oilaviy nizo fonida kelib çiqqan. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Qayd etilişiça, fojia bir vaqtning özida bir neçta joyda sodir bölgan va dastlabki taxminlarga köra, oilaviy mojaro bilan boğliq. Birinçi çaqiruv keça, 1 iyun kuni taxminan tuş paytida kelib tuşgan. Voqea joyiga yetib borgan favqulodda xizmat xodimlari uylarning biridan öqotar quroldan yetkazilgan jarohatlar tufayli halok bölgan tört kişining jasadini topgan. Ularning barçasi şifokorlar yetib borguniga qadar vafot etgan edi.


Huquq-tartibot idoralarining malumotlariga köra, 52 yoşli Rayan Uillis Makfarland politsiya yetib borguniga qadar uyni tark etgan. Köp ötmay, u Missisipi daryosi yaqinidagi söqmoqdan topilgan.
Politsiyaçilar bilan suhbat davomida erkak öziga qarata öq uzgan. Politsiya xodimlari va tibbiyot xodimlari unga yordam körsatişga uringan, biroq uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Keyingi tergov harakatlari davomida yana ikki nafar qurbon aniqlangan. Öqotar quroldan jarohat olgan erkaklarning jasadlari boşqa bir turarjoy binosidan hamda yaqin atrofda joylaşgan biznes obektidan topilgan.

Dastlabki malumotlarga köra, halok bölganlarning barçasi gumonlanuvçi qotilning qarindoşlari bölgan. Qurbonlarning ism-şariflari va yoşi hozirça oçiqlanmayapti. Maskatin politsiya boşliği Entoni Kis sodir bölgan voqeani mahalliy hamjamiyatni larzaga solgan “yovuzlik akti” deb atagan.

Malum bölişiça, gumonlanuvçi ilgari sudlangan bölgan, biroq uning jinoiy ötmişiga oid tafsilotlar keltirilmagan. Politsiya şahar aholisi uçun endilikda heç qanday xavf yöqligini malum qilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: