USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda 8 bola otib öldirildi

242 марта

AQŞda 8 bola otib öldirildi

AQŞning Luiziana ştatidagi Şrivport şahrida 19 aprel tongida sodir bölgan ommaviy otişma oqibatida sakkiz nafar bola halok böldi. Bu haqda Amerika politsiyasi malumotlariga tayanib, NBC News xabar berdi.

Politsiya xodimlari Ğarbiy 79-köçaning 300-kvartaliga maişiy mojaro haqida kelib tuşgan xabardan söng yetib borgan. Şahar politsiyasi matbuot kotibi Kristofer Bordelon voqea joyini “keng hududni qamrab olgan” deb tariflagan – hodisa ikki uy va qöşni Harrison köçasidagi yana bir uyda sodir bölgan.

Hodisa oqibatida jami 10 kişi jabrlangan, ulardan sakkiz nafari vafot etgan. Jabrlanganlarning yoşi 1 yoşdan 14 yoşgaça bölgan.

Bordelonning aytişiça, jinoyatçi voqea joyidan qoçgaç, Ğarbiy 79-köça va Linnvud köçasi çorrahasi yaqinida avtomobilni öğirlagan. Şundan söng Şrivport patrul politsiyasi uni quvib borişni boşlagan.

Politsiya malumotiga köra, Bossiyer okrugida quvib boriş jarayonida huquq-tartibot xodimlari gumonlanuvçini otib öldirgan. Bordelonning takidlaşiça, otişmani aynan şu şaxs sodir etgan.
Politsiya gumonlanuvçi haqida batafsil malumot bermagan, biroq uydagi bolalarning ayrimlari uning farzandlari bölganini bildirgan. Otişma sabablari hozirça aniqlanmagan.

Şrivport şahri meri Tom Arseno voqea yuzasidan şahar çuqur qayğuda ekanini aytgan.
Şahar politsiyasi boşliği Ueyn Smitning malum qilişiça, otişma mahalliy vaqt bilan taxminan soat 06:00 da (Toşkent vaqti bilan 14:00) sodir bölgan va jami ön marta öq uzilgan. Hozirda politsiya qöşimça malumotlarni yiğişda davom etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: