Ukrainadagi vokzalda granata portladi. Qurbonlar bor
25-10-2025, 11:23
329 марта

Ukrainadagi vokzalda granata portladi. Qurbonlar bor
Bugun, 24 oktyabr kuni Ukrainaning Jitomir viloyatiga qaraşli Ovruç şahridagi temiryöl vokzalida portlaş sodir böldi. Hodisa oqibatida 4 kişi vafot etgan, 12 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda Jitomir viloyati politsiyasi xabar berdi.Mahalliy huquq-tartibot organlariga köra, taxminan soat 10:50 da çegara xizmati xodimlari poyezd yölovçilarining hujjatlarini tekşiriş jarayonida perronda turgan erkak portlovçi qurilmani çiqarib, uni işga tuşirgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida granatani portlatgan şaxs – 23 yoşli Xarkov viloyati fuqarosi voqea joyida halok bölgan. Şuningdek, 29, 58 va 82 yoşli Korosten tumanida yaşovçi uç nafar ayol, jumladan, çegara xizmati xodimi ham vafot etgan. Soat 13:30 holatiga köra, 12 nafar jarohatlangan şaxs tibbiyot muassasalariga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.
Malumotlarga köra, hodisa joyida politsiya, portlovçi moddalar böyiça mutaxassislar hamda kriminalistlar işlamoqda. Holat Ukraina Jinoyat kodeksining 115-moddasi (qasddan odam öldiriş), 348-moddasi (huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi hayotiga tajovuz) va 263-moddasi (qurol-yaroğ va portlovçi moddalarni noqonuniy saqlaş) böyiça tergovga tortilgan.