Koreyada yuk maşinasi namoyişçilarni bosib ketdi
21-04-2026, 11:49
55 марта

Koreyada yuk maşinasi namoyişçilarni bosib ketdi
Janubiy Koreyada yuk maşinasi SU logistik markazi oldida ötkazilayotgan norozilik namoyişi iştirokçilarini bosib ketdi. Hodisa oqibatida 1 kişi halok böldi, yana 2 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.Voqea Çinçju şahrida mahalliy vaqt bilan taxminan 10:32 da sodir bölgan. Bu vaqtda yuk taşuvçilar kasaba uyuşmasi azolari kompaniya rahbariyati bilan muzokara talab qilib namoyiş ötkazayotgan edi.
Politsiya malumotiga köra, 40 yoşli haydovçi yölni tösib turgan odamlarni aylanib ötmoqçi bölgan va şu paytda 2,5 tonnalik yuk maşinasi odamlarni urib yuborgan. Hodisa joyida u qölga olingan va unga oğir tan jarohati yetkaziş aybi bilan iş oçilgan.
Jarohat olganlardan biri 50 yoşli erkak yurak urişi töxtaşi holatida şifoxonaga olib ketilgan, ammo u vafot etgan. Qolgan ikki kişi yengil va örtaça jarohat olgan.
Şu kuni yana bir alohida holatda kasaba uyuşmasiga tegişli avtomobil politsiya tösiqlariga urilib ketgan va oqibatda bir politsiyaçi ham jarohat olgan.