USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Yevropaga 100 foizlik import boji bilan tahdid qildi

72 марта
Трамп Европага 100 фоизлик импорт божи билан таҳдид қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlari Amerika texnologiya kompaniyalari uçun raqamli xizmatlar soliğini joriy etsa, ularning mahsulotlariga 100 foizlik import boji qöllanilişi mumkinligini malum qildi. Bu haqda Tramp özining “Truth Social” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida elon qildi.

Uning aytişiça, Yevropadagi bir qator davlatlar AQŞ kompaniyalariga nisbatan raqamli xizmatlar soliğini joriy etişni muhokama qilmoqda, ayrimlari esa bu qarorni qabul qiliş arafasida.

“Raqamli xizmatlar soliğini joriy etadigan har qanday davlat AQŞga yuboriladigan barça tovarlari uçun darhol 100 foizlikk import boji qöyiladi”, deydi Amerika Prezidenti.

“The Guardian” naşrining yozişiça, Trampning bu bayonoti global savdo keskinlaşuvini yanada kuçaytirişi mumkin bölgan navbatdagi bosqiç sifatida baholanmoqda. U avval ham bir qator davlatlar va iqtisodiy bloklarga nisbatan keskin boj siyosatini qöllagan edi. Agar u öz ogohlantirişini amalda bajaradigan bölsa, 27 davlatdan iborat Yevropa Ittifoqining javob çoralari AQŞ bilan keng kölamli savdo qarama-qarşiligiga olib kelişi mumkin.

Frantsiya, Ispaniya va Italiyada yirik kompaniyalar uçun 3 foizlik raqamli xizmatlar soliği joriy etilgan bölsa, Yevropa Ittifoqining boşqa bir qator davlatlarida ham şunga öxşaş tartiblar mavjud yoki körib çiqilmoqda.

Buyuk Britaniyada esa global raqamli xizmatlardan katta daromad oladigan ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari va onlayn savdo platformalari uçun 2 foizlik soliq amal qiladi. Rasmiy malumotlarga köra, uşbu soliq 2024-2025 yillarda mamlakat byudjetiga 800 million funt sterlingdan ortiq tuşum keltirgan.

Yevropa Komissiyasi vakili Olof Gill esa raqamli xizmatlar soliği ayrim mamlakatlar kompaniyalariga qaratilmaganini, u kelib çiqişidan qatiy nazar barça yirik raqamli platformalarga bir xil tatbiq etilişini takidlagan. Uning sözlariga köra, bunday çoralar yuzasidan Yevropa Ittifoqi öz manfaatlarini himoya qiliş huquqiga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp barça davlatlar uçun qöşimça 10 foizlikk boj joriy qiliş haqida farmon imzolagandi.

Mumtozbegim Abdumöminova

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: