Tramp Yevropaga 4 iyulgaça muhlat berdi
8-05-2026, 16:57
308 марта

Tramp Yevropaga 4 iyulgaça muhlat berdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga savdo kelişuvini töliq amalga oşiriş uçun 4 iyulgaça muhlat berdi. U aks holda Yevropa mahsulotlariga nisbatan yanada baland tariflar joriy etilişini aytdi. Bu haqda AQŞ Prezidenti Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan telefon orqali suhbatdan keyin malum qildi.Trampning bayonoti Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi savdo munosabatlaridagi taranglik kuçayib borayotgan bir paytda yangradi. Joriy yilning 1 may kuni u Yevropa Ittifoqida işlab çiqarilgan avtomobillarga bojlar 15 foizdan 25 foizga oşirilişini aytgan edi. Endi esa bu tahdid 4 iyulga qadar keçiktirildi.
Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Yevropa Ittifoqi Şotlandiyaning Ternberri şahrida tuzilgan savdo kelişuvi böyiça öz majburiyatlarini bajarişini uzoq kutganini yozgan.
“Evropa Ittifoqi kelişuvga köra tariflarini nolga tuşirişga vada bergan edi. Men unga mamlakatimiz 250 yilligini nişonlaydigan 4 iyulgaça vaqt berişga rozi böldim. Aks holda, ular uçun tariflar darhol ança yuqori darajaga kötariladi ”, degan u.Ötgan yozda erişilgan kelişuvga köra, Yevropa Ittifoqi AQŞ tovarlariga nisbatan qolgan tariflarni qisqartiriş majburiyatini olgan. Evaziga AQŞ Yevropa mahsulotlarining aksariyati uçun 15 foizlik yagona tarif joriy qilişga rozi bölgan. Bu qöşimça bojlar yiğilib ketişining oldini olişi kerak edi.
Hozirda Yevropa parlamenti va azo davlatlar tariflarni bekor qilişga imkon beradigan qonunçilik ustida muzokara olib bormoqda. 6 may kuni keçqurun bölib ötgan muzokaralar yakuniy kelişuvsiz tugagan bölsa-da, iştirokçilar 19 maygaça yeçim topilişi mumkinligini aytmoqda.
Agar Tramp kelişuvni buzsa yoki Yevropa Ittifoqi hududiy yaxlitligiga tahdid qilsa, xavfsizlik kafolatlarini kiritiş kelişuvdagi asosiy bahsli masala bölmoqda. Bu Trampning avvalroq Daniyaga qaraşli Grenlandiyani kuç bilan egallaş haqidagi bayonotlaridan keyin yanada dolzarblaşgan. Yevropa Ittifoqiga azo davlatlar esa hujjatning dastlabki matnini saqlab qoliş va kelişuvni tezroq amalga oşiriş tarafdori.
Ursula fon der Lyayen ham ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida qonunçilik öz vaqtida qabul qilinişiga işonç bildirgan.
“Biz har ikki tomondan ham kelişuvni amalga oşirişga töliq sodiqmiz. Iyul boşiga qadar tariflarni qisqartiriş böyiça yaxşi siljiş kuzatilmoqda”, degan u.Tramp “ajoyib” deb atagan telefon muloqoti hozirça ikki tomon örtasidagi taranglikni yumşatgan körinmoqda. Bryusseldagi aksariyat diplomatlar va rasmiylar Trampning oldin ham bir neça bor keskin tahdidlar qilib, keyin fikrini özgartirganini eslatib, 25 foizlik tariflar amalga kirişiga işonmayotganini bildirgan.
Suhbat davomida Yaqin Şarqdagi mojaro ham muhokama qilingan.
“Biz Eron heç qaçon yadroviy qurolga ega bölmasligi kerak degan fikrda birdammiz. Öz xalqini öldirayotgan rejim millionlab odamlarni öldirişi mumkin bölgan bombaga ega bölmasligi kerak”, degan Tramp.