Tariflar, saylov va Eron: Tramp Yevropaga qanday işora berdi?
26-02-2026, 07:48
264 марта

Tariflar, saylov va Eron: Tramp Yevropaga qanday işora berdi?
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ikkinçi muddatdagi ilk “State of the Union” murojaatini rekord darajada uzaytirib, qariyb ikki soatga yaqin nutq sözladi. Yetakçi, asosan içki siyosat, iqtisodiyot va saylovoldi muhitiga etibor qaratgan. Şu bilan birga, tariflar, Eron va global xavfsizlikka oid bayonotlar Yevropa uçun ham muayyan signallar berdi. Bu haqda “Euronews” yozdi.Avvalo, noyabrdagi oraliq saylovlar Tramp uçun hal qiluvçi bosqiç ekani sezilgan. Tramp reytinglar pasaygan bir paytda u iqtisodiyot “har doimgidan jadal” ekanini takidlagan. Biroq jamoatçilik fikri bunçalik optimistik emas. Agar Kongressda kuçlar nisbati özgarsa, bu AQŞ taşqi siyosatining ikkinçi yarmiga bevosita tasir körsatadi. Yevropa uçun bu – Vaşingtonda barqarorlik kafolat emas, degani.
Ikkinçidan, Oliy sud uning global tarif siyosatini bekor qilganiga qaramay, Tramp çekinmasligini oçiq aytgan. U tariflarni 15 foizgaça oşirişini va yangi kelişuvlar yanada qattiqroq bölişi mumkinligini bildirgan. Bu Yevropa Ittifoqi uçun savdo munosabatlari yana noaniq bosqiçga kirişi ehtimolini anglatadi.
Uçinçi jihat – taşqi siyosat fon emas, balki yaşirin bosim vositasi sifatida namoyon bölgan. Tramp Ğazo va Ukraina böyiça harakatlarini maqtab ötgan, biroq Yevropaga alohida urğu bermagan. Eronga nisbatan keskin ritorika esa saqlanib qolgan: u Tehron Yevropaga tahdid solişi mumkin bölgan raketalar işlab çiqayotganini iddao qilgan. Bu Yevropa xavfsizlik muhiti yanada keskinlaşişi mumkinligini körsatadi.