YeI Isroilga barça iqtisodiy yordamni töxtatdi
10-09-2025, 20:02
95 марта

YeI Isroilga barça iqtisodiy yordamni töxtatdi
Yevropa Ittifoqi Isroilga barça moliyaviy yordamni töxtatganini elon qildi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen malum qildi.Ursula fon der Lyayen Strasburgdagi Yevroparlament yiğilişida sözga çiqib, Yevropa Ittifoqi Isroilga moliyaviy yordamni töxtatganini aytdi. U Yevropa Ittifoqi-Isroil uyuşmasi kelişuvini ham qisman töxtatib qöyişni rejalaştirayotganini elon qildi.
“Evropa Ittifoqi Isroil davlatiga barça moliyaviy yordamni töxtatadi, fuqarolik jamiyati taşkilotlari, Isroilning Xolokost yodgorliklari va tadqiqot markazi Yad va-Şemga yönaltirilgan mablağlar bundan mustasno”, deydi Ursula fon der Lyayen.
U, şuningdek, Boş vazir Binyamin Netanyaxu hukumatidagi “ekstremist vazirlar”ga qarşi sanktsiyalar tayyorlanayotganini aytib, bir neçta vazirlar bilan aloqalarni taqiqlaş taklifini ilgari surgan.