USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Fors körfazidan 2,5 ming dengizçi evakuatsiya qilindi

72 марта
Форс кўрфазидан 2,5 минг денгизчи эвакуация қилинди

BMTning Xalqaro dengiz taşkiloti (XDT) Fors körfazidan 2,5 mingga yaqin dengizçini evakuatsiya qilişga erişdi. Şundan söng tijorat kemasiga uyuştirilgan hujum sababli operatsiya vaqtinça töxtatildi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.

Malumotlarga köra, operatsiyaning dastlabki uç yarim kunida taxminan 115 ta kema körfazni tark etgan. Bir tomondan Isroil va AQŞ, ikkinçi tomondan Eron örtasida boşlangan mojarodan keyin mintaqada qolib ketgan 600 ta kemada jami 11 mingga yaqin dengizçi qolmoqda.

Ummon sohillari yaqinidagi böğozdan ötayotganda “Ever Lovely” konteyner taşuvçi kemasiga zarba berilganidan keyin operatsiyani töxtatişga töğri kelgan. XDT rahbari Arsenio Domingesning malum qilişiça, uşbu kema evakuatsiyada iştirok etmagan va belgilangan ötiş qoidalariga amal qilmagan. U “Ever Lovely” kemasi kelişilgan evakuatsiya tartibi talab qilganidek Ummon rasmiylaridan ruxsat söramaganini alohida bildirgan.

Eron kemalar Tehron tomonidan tasdiqlangan yönalişlardan foydalanişi kerakligini davo qilmoqda. Köplab tijorat kemalari Ummon, AQŞ va XDT muvofiqlaştiruvi ostida Ummon sohillari böylab “janubiy” yölak orqali harakatlanayotgan edi. Endilikda Eron harakatni tartibga soliş huquqi özida ekanligini yana bir bor bayon qilmoqda.

Aniqlik kiritilişiça, hozirda kemalar 1968 yildan beri amal qilib kelayotgan xalqaro harakatni taqsimlaş sxemasidan foydalana olmaydi, çunki markaziy qatnov yöllari minalaştirilgan. Şu sababli ikkita vaqtinçalik yönalişdan foydalanilmoqda: Eron tomonidan muvofiqlaştiriluvçi şimoliy yölak hamda Ummon va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi janubiy yölak.

XDT malumotlariga köra, Yaqin Şarqdagi hozirgi mojaroning “qizğin” pallasida 14 nafar dengizçi halok bölgan, 40 dan ortiq kema hujumga uçragan, köplab ekipajlar esa Fors körfazidan çiqib keta olmay, u yerda qariyb uç oy qolib ketgan.

Malumot uçun, Hormuz böğozi – sayyoradagi eng muhim dengiz yölaklaridan biri bölib, tinçlik davrida dunyodagi jami neft tranzitining qariyb 20 foizi aynan şu yerdan ötgan. U yerda kemalar qatnovini qayta tiklaş AQŞ va Eron örtasidagi dastlabki kelişuvning asosiy bandi hisoblanadi. Uşbu kelişuv harbiy harakatlarga rasman çek qöygan bölsa-da, böğozda navigatsiyani kim nazorat qilişi haqidagi masalani uzil-kesil hal etmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: