Eron ayrim davlatlar uçun Hormuz böğozini oçdi
26-03-2026, 09:35
195 марта

Eron ayrim davlatlar uçun Hormuz böğozini oçdi
Eron rasmiylari “duşman bölmagan” davlatlar kemalari Hormuz böğozi orqali ötişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Eron BMT Xavfsizlik Kengaşi va Xalqaro dengiz taşkilotiga rasmiy xabar yuborgan.Malumotga köra, kemalar Eron qarşi harakatlarda iştirok etmasa va xavfsizlik qoidalariga amal qilsa, Tehron bilan kelişilgan holda böğozdan xavfsiz ötiş huquqiga ega böladi.
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi aniqlik kiritib, bu ruxsat ayrim davlatlarga berilganini aytgan. Unga köra, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Iroq va Pokiston kemalariga ötişga ruxsat berilgan.
“Biz döst deb hisoblagan davlatlarga ruxsat berdik. Duşmanlarimizga esa bunday imkoniyat yöq”, degan u.Kuzatuv malumotlariga köra, sönggi kunlarda Eron ayrim tankerlarni öz hududiy suvlaridan ötkazib, ularni tekşirayotgan bölişi mumkin. Bazi hollarda, asosan Xitoyga tegişli tankerlar oldin ham ötkazilgan.
Hormuz böğozi Fors körfazini oçiq okean bilan boğlaydi va global energetika uçun juda muhim yöl hisoblanadi. U orqali dunyo xom neftining qariyb 35 foizi va suyultirilgan gazning 20 foizga yaqini taşiladi.
28 fevraldan AQŞ va Isroil Eronga qarşi harbiy harakatlarni boşlaganidan söng Tehron böğozni yopib, ötayotgan kemalarga hujum qila boşlagan. Mojaro boşidan buyon kamida 22 ta kema hujumga uçragan, 3200 ga yaqin kema esa Fors körfazida qolib ketgan.
22 mart kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronni 48 soat içida böğozni oçişga çaqirib, aks holda energetika obektlariga zarba beriş bilan tahdid qilgan edi. Keyinçalik bu reja muzokaralar foydasiga vaqtinça töxtatilgan.