USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Hormuz faqat duşman uçun yopiq” — Eron ayrim davlatlar uçun neft tranzitiga ruxsat berdi

158 марта

“Hormuz faqat duşman uçun yopiq” — Eron ayrim davlatlar uçun neft tranzitiga ruxsat berdi

Manba: TRT World
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi 16 mart kuni Hormuz böğozi orqali ötuvçi ayrim neft tankerlarining harakatlanişiga ruxsat berilişini malum qildi. Bu haqda TRT World xabar berdi.
“Duşmanlar va tajovuzkorlar ötolmaydi”


Aroqçi Hormuz böğozi faqat “duşmanlar va ularning tajovuzkorligini qöllab-quvvatlovçilar” uçun yopiq qolişini takidladi. 

Şu bilan birga, Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy mahalliy OAVga bergan bayonotida uruşga aloqador bölmagan davlatlarga tegişli kemalarga Eron harbiylari bilan muvofiqlaştirilgan holda va maxsus ruxsatnoma asosida böğozdan ötişga ijozat berilganini qöşimça qildi.

Uşbu bayonotlar AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi oqibatida Hormuz böğozida kemalar harakati deyarli töxtab qolgan, tankerlar blokadada qolib, global energiya taminoti xavf ostida turgan bir vaqtda yangradi. Jahon neft savdosi va dengiz orqali taşiladigan suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20 foizi aynan şu tor suv yöli orqali ötadi.

Kimlarga ruxsat berildi?
Sönggi ikki hafta içida AQŞ va Isroil hujumlariga javoban Eron ham uşbu davlatlarning bazalari va Fors körfazi infratuzilmasiga zarbalar berdi. Bu esa xalqaro yuk taşuvlarini keskin kamaytirib yubordi. Şunga qaramay, sönggi kunlarda Tehron ayrim davlatlar uçun istisno qilmoqda:
Şanba, 14 mart kuni Hindiston bayroği ostidagi ikkita suyultirilgan gaz (LPG) tankeri böğozdan xavfsiz ötib, mamlakat ğarbidagi portlar tomon yöl olgan. Eronning Hindistondagi elçisi Muhammad Fathaliy buni global blokadadagi istisno deb atadi.
Bloomberg malumotlariga köra, Pokiston milliy yuk taşiş korporatsiyasiga tegişli Karaçi tankeri 15 mart kuni suv yölini tark etib, Ummonning Suhar porti yaqinida köringan.

Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uraloğlu Eron rasmiylaridan ruxsat olingaç, Rozana nomli turk kemasi böğozdan ötganini tasdiqladi. Tehron, şuningdek, Bangladeş bayroği ostidagi yoqilği taşuvçi kemalar ham oldindan ogohlantiriş şarti bilan ötkazib yuborilişiga şama qildi.
Çeklangan ruxsatlarga qaramay, dunyo bozorida neft narxi yuqoriligiça qolmoqda. Duşanba, 16 mart kungi savdolarda Brent markali neft narxi bir barrel uçun 104 dollardan yuqori böldi.

28 fevralda uruş boşlanganidan beri qora oltin narxi qariyb 45 foizga oşdi, ayrim paytlarda esa hatto 120 dollargaça kötarildi. Ekspertlarning ogohlantirişiça, Hormuz böğozidagi har qanday uzoq muddatli uziliş global neft taminotini yanada qisqartirib, yonilği narxi oşişidan aziyat çekayotgan hukumatlarga bosimni kuçaytiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: